Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
SIZGA TA'ZIMDAMIZ, MUHTARAM AYOL
2023-03-07 17:41:03 233
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi tomonidan “Sizga ta'zimdamiz, muhtaram Ayol” loyihasi tashkil etilib, ma'naviyat xodimlari mahallalardagi kayvoni onaxonlar, opa-singillar holidan xabar olmoqdalar.
Farg’ona tumanidagi “Sanoat” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Rahimaxon Kenjaboyeva matonatli onalardan biri. Farzandidan yodgor bo’lib qolgan Bibisorani chaqaloqligidan oq yuvib, oq taradi, munosib tarbiyalab voyaga yetkazdi. Birinchi guruh nogironi, to’shakka mixlangan bu qiz 17 yoshga kirdi. Onaxon bor mehrini unga bag’ishladi.
Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov hamda targ’ibotchilar mazkur xonadonda bo’lib Rahima opani bayram bilan tabrikladi. Oila a'zolariga shirin so’z aytib, ko’ngillarini ko’tardi. Shuningdek, mazkur mahallada yashovchi, 1-guruh nogironi Risolatxon aya Ahmadova, Bo’ston mahallasida istiqomat qiluvchi Fotimaxon Dadajonova, Boqiyaxon Apponovalar xonadonidagi yo’qlovlar ham ularni behad mamnun etdi.
Yo’qlovlar paytida duolar, minnatdorlik izhorlari ko’p bora aytildi. Mungli ko’zlar quvonchdan porladi, bemor vujudlarga kuch-g’ayrat kirdi go’yo.
Loyiha doirasida yana qator xonadonlarga borildi, sovg’alar ulashildi, she'r-qo’shiqlar ijro etildi. Bir so’z bilan aytganda, qalblarga bayram kayfiyati olib kirildi.
Tadbirlar shahar-tumanlarda davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram