Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QIRG’IZISTON DELEGATSIYASI FARG’ONA TUMANIDAGI “EKOKERAMA” KORXONASI FAOLIYATI BILAN HAM YAQINDAN TANISHDI
2023-03-08 21:43:07 255
Qirg’iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrifi chog’ida Farg’ona tumanida joylashgan “Ekokerama” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Delegatsiya a'zolari santexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan “Ekokerama” korxonasining eksport salohiyati yuqori ekanligini alohida e'tirof etib, korxonaning ertangi istiqboli yuksakligini ta'kidlashdi. Ayni paytda 400 nafarga yaqin ishchi-mutaxassislar mehnat qilayotgan korxonada yiliga 500 ming dona 27 turdagi santexnika mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. O’tgan yili korxona tomonidan 2 million dollarga yaqin mahsulotlar dunyoning o’nlab davlatlariga eksport qilindi.
Korxonadagi ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishish chog’ida qardosh xalq delegatsiyasi a'zolariga YEvropa standartlari bo’yicha ishlab chiqarilayotgan va asosan xorijga eksport qilinayotgan santexnika mahsulotlarining tayyorlanish jarayoni haqida to’liq ma'lumot berildi.
Muloqotlar davomida o’zaro hamkorlikda bu kabi istiqbolli loyihalarni Qirg’iziston hududida barpo etish bo’yicha ham taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Qirg’iziston delegatsiyasiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Achilbay Ramatov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamrohlik qildilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram