Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“QO’QON” ERKIN IQTISODIY ZONASIDA “YAPON SANOAT PARKI” TASHKIL ETILADI

×

 2023-03-09 17:58:44    797

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning “Japan DX Co., Ltd” direktorlar kengashi ijrochi raisi Soji Suzuki boshchiligidagi kunchiqar yurt ishbilarmonlarini qabul qildi. Uchrashuvda Yaponiyaning “Nippon Investment Operating Corporation (NIOC)” hamta'sischisi Nabi Mamajan ham ishtirok etdi.

Samimiy muloqot chog’ida hamkorlik istiqbollari, o’zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash haqida so’z bordi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona viloyati delegatsiyasining 2022 yilning dekabr oyida Yaponiyaga qilgan amaliy tashrifi, investitsiyaviy kelishuvlar, ta'lim tizimidagi o’ziga xos yapon tajribasi, olgan taassurotlari haqida to’xtalib o’tdi. Farg’ona viloyati, joylashgan o’rni, aholisi, mavjud imkoniyatlari to’g’risida ma'lumot berdi. Viloyatda qishloq xo’jaligi, chiqindilarni qayta ishlash yo’nalishlarida va Yapon bog’ini tashkil etish maqsadida yapon korxonalari ro’yxatdan o’tib, faoliyat boshlaganiga mehmonlar e'tiborini qaratdi. Shuningdek, “Yapon sanoat zonasi”ni tashkil etish yuzasidan to’xtalib, yaponiyalik ishbilarmonlarga ko’mak berishga, ularni qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

“Japan DX Co., Ltd” direktorlar kengashi ijrochi raisi Soji Suzuki qabul uchun minnatdorlik bildirib, O’zbekistonda, xususan, Farg’onada investorlarga yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berdi va bundan samarali foydalanishlarini ta'kidladi.

Muloqot davomida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida “Yapon sanoat parki” ni tashkil etish bo’yicha anglashuv memorandumini imzoladilar. Unga ko’ra, Yaponiyaning zamonaviy texnologiyalarini olib kelish, startap loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgani qayd etildi.

Ma'lumot o’rnida, “Japan DX Co., Ltd” kompaniyasi 2020 yilda tashkil etilgan bo’lib, Markaziy Osiyo iqtisodiy salohiyati va yapon texnologiyalariga asoslangan holda korxonalar va boshqa tashkilotlar uchun innovatsion g’oyalar yaratish bilan shug’ullanadi. Korxonaning asosiy g’oyalaridan biri bu, Markaziy Osiyoni yaratiladigan yangi startap loyihalari uchun o’ziga xos xab darajasiga olib chiqishdan iborat.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram