Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDAGI KOREYA XALQARO UNIVERSITETIDA ZAMONAVIY VA YANGI O’QUV-AMALIYOT BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-03-10 18:23:33    424

PDF yuklash
Chop etish


Tantanali ochilish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbarining birinchi o’rinbosari Edvard Kim, universitet professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

Ta'kidlash o’rinliki, zamonaviy mezonlar asosida qurib bitkazilgan amaliyot binosi avtomobil diagnostikasi uchun qo’llaniladigan kompyuter qurilmalari va boshqa shu kabi zarur jihozlar bilan ta'minlangan. Shu tariqa bu yerda talabalarga nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan uyg’un holatda mustahkamlab borish imkoniyati yaratildi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev keyingi yillarda Farg’ona viloyati va Koreya Respublikasi o’rtasida keng ko’lamli hamkorlik aloqalari har jihatdan rivojlanib borayotganini qayd etdi. Universitetda duyonning ilg’or ta'lim standartlari asosida yo’lga qo’yilgan o’qitish tizimi hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Ayni paytda mazkur nodavlat oliy ta'lim muassasasidagi 12 ta fakultetda ikki ming nafarga yaqin talabalarga ta'lim berilmoqda. Shuningdek, bilim dargohida yo’lga qo’yilgan 3+1 qo’shma ta'lim dasturi bo’yicha hozirda Koreyadagi hamkor universitetda 111 nafar talabalar tahsil olishmoqda.

Ta'lim muassasasida qariyb 60 nafar professor-o’qituvchilar, shundan Koreyadan jalb etilgan 40 nafar va AQShdan taklif etilgan 1 nafar xorijlik mutaxassislar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanib kelmoqda. Professor-o’qituvchilarning 33 nafari PhD ilmiy darajasiga ega.

E'tiborlisi, joriy o’quv yilida universitetni 565 nafar talaba tamomlab, yetuk mutaxassis sifatida o’z mehnat faoliyatini boshlaydi. 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram