Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDAGI “AFROSIYOB” TANTANALAR MAJMUASIDA AN'ANAVIY “UCH AVLOD UCHRASHUVI” BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2023-03-10 21:45:45    666

PDF yuklash
Chop etish


Nuroniylarga hurmat va ehtirom ko’rsatish, yangi avlodga ta'lim-tarbiya, mehr berish xalqimizga xos ezgu fazilatlar sirasiga kiradi. Asrlar mobaynida tobora sayqallanib, ajdodlardan meros bo’lib kelayotgan bunday qadriyat va an'analar, o’zaro mehr-oqibat tushunchalari bugungi kunda ham g’oyatda qadrlanadi.

Oilaviy qadriyatlarning uzviy bir qismi bo’lgan bu kabi udumlarni avaylab-asrash borasida xayrli tashabbuslar amalga oshirib kelinmoqda. Ezgu an'anaga aylanib borayotgan “Uch avlod uchrashuvi” ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri ayni shu yo’nalishdagi ta'lim-tarbiya jarayonini o’zaro uyg’unlashtirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Farg’ona shahrida joylashgan muhtasham “Afrosiyob” tantanalar majmuasida tashkil etilgan bu yilgi bayram tadbiriga viloyatning barcha shahar va tumanlaridan ibratli oila sohiblari, nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari hamda navqiron avlod vakillari taklif etildi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bayram ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan yangilanish, bahor ayyomi Navro’zi olam ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi. Yurtimizda xalqimizga xos eng ezgu qadriyatlarni targ’ib etishda “Uch avlod uchrashuvi” singari bayram tadbirlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Fayzli dasturxon atrofida jamul-jam bo’lib, bir piyola choy ustida hamfikr, hamsuhbat bo’lish o’zaro mehr-oqibat tuyg’ularini mustahkamlashini qayd etdi.

Shuningdek, viloyatning har bir qishloq va mahallasida doimiy ravishda tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi yurt ravnaq-rivoji yo’lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizning ibratli hayot yo’lini yoshlarga ibrat va o’rnak qilib ko’rsatish, kelajagimiz vorislariga hayotiy bilim va saboqlar berishga qaratilganiga alohida urg’u berildi.

Samimiy suhbatlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Inson qadri ulug’” tamoyili asosida o’tkazib kelinayotgan uch avlod uchrashuvlari har bir oila, insonga e'tiborning yorqin namunasi ekanligi ta'kidlanib, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda bunday tadbirlarning ahamiyati beqiyos ekanligi aytib o’tildi.

Uchrashuvda so’zga chiqqan nuroniylar yoshlarni hayotbaxsh islohotlar jarayonida faol va fidoyi bo’lishga rag’batlantirib, tinch-osoyishta hayot, dorilomon kunlar bardavomligi uchun ezgu tilaklarini izhor etdilar.

Tadbir davomida faxriylarga viloyat hokimligining esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Bayram tantanalari viloyatimiz san'at ustalari, yosh iste'dodlarning katta gala-kontserti va teatrlashtirilgan tomoshasi bilan davom etdi. Dilbar taronalar, go’zal raqslar, o’yin-kulgular davrani yanada fayzga to’ldirib, barchaga xushkayfiyat baxsh etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram