Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHOHIMARDONDA ENG SUYUKLI BAYRAM – NAVRO’ZI OLAM SHUKUHI

×

 2023-03-12 00:09:55    334

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Farg’ona tumanining so’lim Shohimardon va Yordon qishloqlarida bo’lib, yangilanish va yasharish ayyomi – Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan xalq sayllarida ishtirok etdi.

Milliy udumga ko’ra, dastlab “Hazrat Ali Shohimardon” ziyoratgohida dalalarda boshlangan dehqonchilik yumushlari barakali, hosillar mo’l bo’lishi hamda tinch-osoyishta, farovon hayot bardavom bo’lishi uchun ezgu duolar qilindi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ziyoratgoh hududiga ko’chat ekish tadbiri ham o’tkazildi. Nihollar ko’kka bo’y cho’zishi uchun yaxshi niyatlar bildirildi.

Viloyat rahbari ziyoratgohga yondosh hududda joylashgan Shohimardon tarixi muzeyi faoliyatini ko’zdan kechirib, uning faoliyatini bugungi davr talabi asosida rivojlantirish, hudud tarixiga oid eksponat va ko’rgazmalarni ko’paytirish, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatmalar berdi. Ayni jarayonda bu yerga keluvchi hamyurtlarimiz, xorijlik sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurligi ta'kidlandi.

Shohimardon markazidagi Istirohat bog’ida bo’lib o’tgan ommaviy bayram saylida doshqozonlarda osh damlanib, Navro’z dasturxonining shoh taomi – sumalaklar tortildi. Shohimardon va yordonliklar fayzli dasturxon atrofida, bir piyola choy ustida bayram shukuhidan bahramand bo’ldilar.

Purviqor tog’lar bag’rida quyosh ajib jilva qilib, qishloqning so’lim va xushmanzara tabiati dillarga bahoriy kayfiyat ulashdi. Nuroniylar bunday e'tibor va g’amxo’rliklar uchun davlatimiz rahbariga o’z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Navro’z sayli davomida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik tashkil etildi, aholining doimiy bandligini ta'minlash maqsadida “Temir daftar” va “Ayollar daftari” ro’yxatida turgan 20 nafarga yaqin xotin-qizlarga tikuv mashinalari taqdim etildi. Xorazm viloyatiga sayohat qilishlari uchun 30 nafar xotin-qizlarga bepul yo’llanmalar berildi. Ehtiyojmand oila farzandlarining davolanish harajatlari to’lovlari, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning shartnoma pullarini to’lab berish hamda imtiyozli kreditlar uchun sertifikatlar taqdim etildi. Hudud yoshlari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun maktablarga musiqa cholg’u asboblari, sport jihozlari, kitoblar to’plami topshirildi.

Viloyat hokimi ko’klam nafasi ufurib turgan maydonda tashkil etilgan bahoriy taomlar ko’rgazmasi, hunarmandlar mahsulotlari namoyishlari bilan tanishdi. Belbog’li kurash sport turi bo’yicha o’tkazilgan viloyat ochiq birinchiligi bahslarini kuzatib, g’oliblarni taqdirlash marosimida qatnashdi.

Shohimardon va Yordon mahalla faollari, jamoatchilik vakillari bilan o’tkazilgan muloqotlarda ularning takliflari, mavjud masala va muammolarining yechimi bo’yicha ham gaplashildi, hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan manzilli dasturlar ishlab chiqish rejasi xususida so’z yuritildi. Shohimardonning tabiiy sharoiti tufayli yilning to’rt faslida ham sayyohlarni jalb etish imkoniyati borligi alohida ta'kidlanib, endilikda ushbu yo’nalishda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, yangi ish o’rinlari yaratish tizimli tashkil etilishi ma'lum qilindi. Ezgu maqsadlarni ro’yobga chiqarishda bu yil Shohimardon yili bo’lishi kerakligi ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Navro’z ayyomida elimiz ardog’idagi san'atkorlar ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi. To’kin dasturxon tuzalib, bayram qatnashchilariga osh tortildi.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram