![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
BESHARIQ TUMANINING TOJIKISTON BILAN CHEGARASIDA TASHKIL ETILAYOTGAN “ANDARXON” SAVDO-LOGISTIKA MARKAZIGA TAMAL TOSHI QO’YILDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/e4b388037cbdfffe2a592.jpg)
2023-03-13 20:25:25 1108
Bugun Beshariq tumanida Tojikiston bilan chegaradagi “Andarxon” nazorat-o’tkazish punkti yonidagi maydonda “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasiga bog’liq Savdo-logistika markaziga tamal toshi qo’yishga bag’ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda Tojikiston Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda hamda So’g’d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi tojikistonlik delegatsiya a'zolarini tantanali kutib oldilar.
So’g’d viloyati delegatsiyasi uchun shu joyda Farg’ona viloyati tadbirkorlari tomonidan namunali ko’rgazma tashkil etilib, unda tabiiy va ekologik toza xomashyolardan tayyorlanayotgan va eksportga chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar namoyish etildi.
Tantanali ochilish marosimida so’z olganlar esa Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy, an'anaviy yangi yil bayrami Navro’z shodiyonalari bilan ishtirokchilarni qutladilar.
O’zbek-tojik xalqlarining umumiy tarixi, madaniyat va ma'naviy qadriyatlar, o’zaro hurmat doimo birlashtirib turishi, ikki birodar xalqlarning istak va intilishlari mushtarak ekanligi alohida e'tirof etildi. O’zbekiston va Tojikiston rahbarlarining siyosiy irodasi, ochiq va samarali tashqi siyosati tufayli o’zaro savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik munosabatlari kun sayin mustahkamlanib borayotganligiga alohida e'tibor qaratildi.
Tojikiston hamda O’zbekiston o’rtasida keng hamkorlik va savdo aloqalari yo’lga qo’yilib, o’zbek va tojik mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga kirib kelishiga ko’maklashish orqali sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish va o’zaro savdoni rivojlantirish sharoitlarini yaxshilash bo’yicha birgalikda faol chora-tadbirlar yo’lga qo’yilayotganligi aytib o’tildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Sobirtepa” massivi hududidagi ushbu Savdo-logistika markazining qurilishi ikki qo’shni davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mintaqaviy ulgurji va chakana savdoni rivojlantirish uchun muhim poydevor bo’lishini ta'kidladi.
Mazkur Savdo-logistika markazi 5 gektar maydonda joylashishi ko’zda tutilgan bo’lib, loyiha qurilishiga 7,8 million dollar miqdorida mahalliy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Majmuada 200 ta savdo do’konlari, mehmonxona, bank, logistika markazi va kafe-restoranlar xizmat ko’rsatishi belgilangan. Savdo-logistika markazi ishga tushirilishi natijasida O’zbekiston hamda Tojikiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdo do’konlariga joylashtiriladi hamda savdo aloqalariga keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu joyda xizmat ko’rsatish sohasida ming nafar aholi bandligini ta'minlash ko’zda tutilgan.
Tadbir davomida ikki davlat vakillari ishtirokida kelajak avlodga maktub imzolanib, Savdo-logistika markazi poydevoriga ramziy tamal toshi qo’yildi.
O’zbek-tojik san'atkorlari ishtirokidagi kontsert dasturi yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
![](https://telegra.ph/file/e4b388037cbdfffe2a592.jpg)
![](https://telegra.ph/file/6b2a64aba4ce817cf8d06.jpg)
![](https://telegra.ph/file/1262803bea11bf55d31f2.jpg)
![](https://telegra.ph/file/f814b0eabb00c1e88adbe.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a0aa53d627014b8703cfb.jpg)
![](https://telegra.ph/file/f32a1ad425179c2168d6c.jpg)
![](https://telegra.ph/file/429d49c344b326865ec6e.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram