Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
SVERDLOVSK VILOYATI TADBIRKORLARI FARG’ONADA TAYYORLANAYOTGAN TEKSTIL VA TO’QIMACHILIK MAHSULOTLARIGA KATTA QIZIQISH BILDIRMOQDA
2023-03-15 15:19:47 272
Bugun Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi faollar zalida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining o’rinbosari Lyudmila Berg boshchiligidagi 10 nafarga yaqin tekstil mahsulotlari importyorlari bilan uchrashuv o’tkazdi. Tadbirga viloyatimizdagi eksportyor korxonalar vakillari ham jalb etildi.
Muloqotda Farg’onaning savdo-iqtisodiy, turizm salohiyati, to’qimachilik sanoati, eksport imkoniyatlari to’g’risida ma'lumot berildi. 2022 yilda Farg’ona viloyati eksporti hajmi 786 million dollarni tashkil etib, unda yengil sanoat mahsulotlari yetakchilik qilayotgani alohida ta'kidlandi.
Farg’ona va Sverdlovsk viloyatlari o’rtasida do’stlik munosabatlarini mustahkamlash, hududlararo hamkorlikning yangi yo’nalishlarini kengaytirish, o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish haqida so’z bordi.
To’qimachilik sanoati taqdimotida esa viloyatda tekstil yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga e'tibor qaratildi. Mehmonlar viloyatimizda tayyorlanayotgan tekstil mahsulotlariga katta qiziqish bildirdilar.
Rossiyalik tadbirkorlar bilan farg’onalik ishbilarmonlar o’rtasida to’g’ridan to’g’ri aloqalarni rivojlantirish, viloyatimizda tayyorlanayotgan tekstil mahsulotlarini Rossiya bozorlariga yetkazish chora-tadbirlarini belgilash takliflari o’rtaga tashlandi. B2B shaklidagi muzokaralarda ham ayni jihatlar ustuvorlik qildi. Uchrashuvdan so’ng mehmonlar viloyatimizdagi tekstil korxonalari bilan tanishish maqsadida hududlarga yo’l oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram