Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON TUMANI MARKAZIY POLIKLINIKASI BOLALAR BO’LIMI BINOSI REKONSTRUKTSIYADAN SO’NG QAYTA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2023-03-16 10:39:00 343
Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro’z umumxalq bayrami arafasida O’zbekiston tumani markaziy poliklinikasi bolalar bo’limi binosi rekonstruktsiyadan so’ng tantanali tadbir bilan qayta foydalanishga topshirildi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avaz O’rinboyev, tuman sektor rahbarlari va boshqalar keyingi yillarda mamlakatimiz tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulug’lashga yo’naltirilgani bilan ahamiyatli bo’layotganini ta'kidladilar. Yangidan barpo etilayotgan va mukammal qayta ta'mirlanayotgan tibbiyot muassasalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanayotgani aholiga tezkor, sifatli xizmat ko’rsatishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining 2022 yilda viloyatimizga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilgan rekonstruktsiya jarayonida 3,61 milliard so’mlik qurilish-ta'mirlash ishlari bajarilib, binoning eshik-romlari to’liq yangilandi, tom, pol qismi to’liq almashtirildi, tashqi fasad va xonalar ta'mirlandi, isitish, suv kanalizatsiya, ventilyatsiya, elektr tizimlari yangilandi hamda hovlisida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
2022 yildagi "Tashabbusli byudjet" loyihasining 1-mavsumiga KTMP bolalar bo’limini mebel jihozlari bilan ta'minlash uchun qo’yilgan loyiha g’olib bo’lib, 480 million so’mlik mebel jihozlari bilan ta'minlandi.
1975 yilda qurilgan ko’p tarmoqli markaziy poliklinika bolalar bo’limi 590 ta qatnovga mo’ljallangan bo’lib, bino shu davrgacha mukammal ta'mirlanmagan edi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram