
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BELORUSSIYALIK ISHBILARMONLAR FARG’ONALIK EKSPORTYORLAR BILAN HAMKORLIKNI YO’LGA QO’YISHMOQDA

2023-03-16 15:18:36 262
Bugun viloyat hokimligida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Belorussiya Savdo-sanoat palatasining Mogilev filiali bosh direktori o’rinbosari Tatyana Alekseeva boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi. Unda belarussiyalik importyorlarlar bilan farg’onalik eksportyorlar o’rtasida to’g’ridan to’g’ri hamkorlikni yo’lga qo’yish masalasi kun tartibidan o’rin oldi.
Muloqotda Farg’ona viloyati, bu yerdagi investitsion muhit, ko’plab xorijiy davlatlardan hamkorlik qilish istagini bildirayotgan tadbirkorlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, yurtimizda investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar to’g’risida to’xtalib o’tildi.
Mehmonlar viloyatimizda tayyorlanayotgan tekstil va to’qimachilik mahsulotlariga yana bir bor qiziqish bildirdilar va ular uchun mazkur yo’nalishlarda taqdimot amalga oshirildi. Unda viloyatning eksport geografiyasi, salohiyati, yengil sanoat mahsulotlarining o’rni, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan yirik korxonalar o’z aksini topdi.
Uchrashuvda viloyatimizda ham paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotgacha bo’lgan ishlab chiqarish zanjiri to’la yo’lga qo’yilgani ta'kidlandi.
Belorussiyalik ishbilarmonlarning viloyatimizdagi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish ishtiyoqi B2B shakldagi muzokaralar orqali yanada mustahkamlandi. Uchrashuvdan so’ng mehmonlar viloyatimizdagi tekstil korxonalari bilan tanishish maqsadida hududlarga yo’l oldilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram