Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA POLIPROPILEN QOP ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHGAN YANGI KORXONA ISH BOSHLADI

×

 2023-03-16 19:23:12    345

PDF yuklash
Chop etish


Navro’z bayrami arafasida O’zbekiston tumanida polipropilen konvert qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ish boshladi.

Kichik Tagob mahallasida joylashgan korxona faoliyat boshlashi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev, tuman sektorlari rahbarlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

“Tsement xomashyo savdosi” MChJ qoshida tashkil etilgan mazkur korxona yiliga 60 milliard so’mlik 36 million 500 dona zamonaviy polipropilen qop tayyorlash quvvatiga ega. Loyihani amaliyotga joriy etish uchun 3 million dollarga teng investitsiya yo’naltirildi. Uning 1,6 million dollari “Aloqabank” aktsiyadorlik tijorat banki krediti hisobidan qoplandi.

- Polipropilen qoplar ishlab chiqarish bugungi kunda daromadli, shu bilan bir vaqtda dolzarb tadbirkorlik turlaridandir. Polipropilen qoplardan asosan mustahkam sanoat qadoqlari sifatida foydalaniladi. Bunday qoplar mustahkam polipropilen xomashyosi va iplardan tayyorlanadi, - deydi yangi korxonaning 23 yoshli rahbari Orifxon Mahmudov. - Korxonamiz ayni kunda test rejimida ish boshlab, shu oy yakuniga qadar to’la quvvatda faoliyat ko’rsatishi ustida ish olib bormoqdamiz. Loyiha uchun zarur bo’lgan 2,5 million dollarlik asbob-uskunalar Xitoydan keltirilib, ayni xitoylik mutaxassislar ishtirokida shu yerda o’rnatib berildi.

Qayd etilishicha, korxona ishga tushishi bilan 100 nafar mahalliy aholining bandligi ta'minlandi, ularning aksariyati yoshlar va xotin-qizlardan iborat. Ta'kidlanganidek, korxonaning to’la quvvat bilan ishga tushishi natijasida ishchilar soni 200 nafarga yetkaziladi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 30 foizi yaqin kelajakda MDH davlatlariga eksport qilinishi ham ma'lum qilindi.

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari boshchiligidagi mehmonlar yangi korxonaning imkoniyatlari bilan tanishdi. Korxona rahbarlari-yosh tashabbuskorlarning sa'y-harakatlari alohida e'tirof etilib, xitoylik mutaxassislar bilan suhbatlashildi.

O’zbekiston tumani hokimligi axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram