Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
OBOD VA FAYZLI MAHALLA – YURT KO’RKI: VILOYATIMIZDA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI BO’LIB O’TMOQDA
2023-03-18 13:25:51 292
Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan bugun mamlakatimiz bo’ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tmoqda.
Erta tongdanoq viloyatimizning ham barcha mahallalari, aholi turar joylarida, mehnat jamoalari, ko’cha-ko’yda hashar uyushqoqlik bilan boshlanib ketdi.
Ko’p qavatli uylar, yo’l-yo’laklar, binolarning atrofi, guzar va xiyobonlar, ziyoratgohlar, muqaddas maskanlar, bolalar maydonchalarida tozalash ishlari avj oldi. Barcha turar joy mavzelari, mahallalarda mevali va manzarali daraxtlar, gul ko’chatlari ekilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hashar doirasida Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida tashkil etilgan 70 gektarlik “Yangi O’zbekiston” bog’ida daraxt ko’chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Aybek Saidov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat mudofaa va xavfsizlik tizimlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari, yoshlar va harbiylar qatnashdilar.
Umumxalq xayriya hashari kunida viloyatimiz bo’ylab jami 500 ming tupdan ko’chat ekish ko’zda tutilgan. «Yashil makon» loyihasining bahorgi mavsumida viloyat hududida jami 9 million 557 ming tup mevali va manzarali ko’chatlarni ekish belgilangan bo’lib, bugungi kunga ushbu reja ortig’i bilan bajarildi. Oy yakuniga qadar qo’shimcha yana 3 million tup daraxt ekish reja qilib olindi.
Viloyat hokimi shuningdek, Farg’ona tumani “Satkak” mahalla fuqarolar yig’ini hududida bo’ldi. Xayrullo Bozorov hasharchilar bilan muloqot qildi,“Satkak” ziyoratgohi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini ko’zdan kechirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram