![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
MODERNIZATSIYA NATIJASIDA FARG’ONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODIDA XOMASHYONI QAYTA ISHLASH HAJMI IKKI BAROBARGA KO’PAYADI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/9ae5612a5f897c48b3322.jpg)
2023-03-18 19:19:24 452
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida bo’lib, “Sanoat Energetika Guruhi” (Saneg) MChJ XK tomonidan zavodni modernizatsiyalash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Zavod direktori Habib Latipov tomonidan umumiy qiymati 389,3 million dollar bo’lgan modernizatsiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o’tkazildi.
Modernizatsiya jarayoni tugallangach, 2024 yilga kelib FNQIZda xomashyoni qayta ishlash hajmini ikki barobarga, ya'ni yiliga 2 million tonnagacha, uglevodorodlarni qayta ishlash chuqurligini esa 87 foizdan 92 foizgacha oshirish imkoniyati tug’ilishi ma'lum qilindi.
Ayni paytda modernizatsiya loyihasi doirasida kimyoviy suv tayyorlash qurilmasiga ega bo’lgan bug’ qozonini qurish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Gidrokreking, vodorod ishlab chiqarish, qisqa tsiklli ajratish uskunalari qurilmoqda.
Shuningdek, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini boshqarish bo’yicha yagona operatorlik markazi qurilishi ham davom ettirilmoqda. Ushbu markazning mutaxassislari soni 200 dan ortadi.
Eski tozalash inshootlarini neftshlam mahsulotlaridan tozalash jarayoni davom etayotgan bo’lib, keyinchalik ikkilamchi mahsulot qayta ishlanganidan keyin ulardan yana foydalaniladi. Bu kompaniyaning ekologik xavfsizlik bo’yicha majburiyatlarining muhim qismidir. Zavodda foydalanishga topshirilgan, O’zbekistondagi yagona bo’lgan neft shlamidan neftni ajratib olish qurilmasi FNQIZda hosil bo’lgan neft shlamini, shuningdek, respublikamizdagi boshqa korxonalarning neft shlamlarini utilizatsiya qilish imkonini beradi.
Zavod hududida ishchilarni qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash uchun 80 sotixli zamonaviy issiqxona barpo etildi, maxsus kiyim-boshlar tikish uchun 50 o’rinli tikuv tsexi tashkil etildi. Zavod ishchi-xodimlari uchun loyiha qiymati 3,57 million dollar bo’lgan, zamonaviy talablarga javob beruvchi, barcha qulayliklarga ega bo’lgan maishiy majmua barpo etildi.
Modernizatsiya loyihasini amalga oshirish ishlariga jami 100 dan ziyod maxsus texnika va 1000 dan ortiq ishchi jalb etilgan. Bugungi kunda zavodda jami 4200 kishi mehnat qilmoqda.
Modernizatsiya ishlarining yakunlanishi Farg’ona NQIZning mamlakat iqtisodiyotiga qo’shayotgan hissasini oshirish imkonini berishi qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram