Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI VA KOREYANING YONGIN SHAHRI O’RTASIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGI SOHASIDA HAM HAMKORLIK O’RNATILDI
2023-03-20 16:52:45 217
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreyaning yirik shaharlaridan biri – Yongin shahri merining o’rinbosari Xvan Djun Ki boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Yongin shahri meriyasi rasmiylari, Yongin shahar Kengashi raisi Yun Von Gyun va kengash a'zolari, Yongin Sanoat va Tijorat palatasi rahbarlari, yirik tadbirkorlarni o’z ichiga olgan delegatsiya bilan uchrashuvda Farg’ona va Yongin o’rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarish istiqbollari muhokama qilindi.
2008 yilda Farg’ona viloyati bilan birodarlashgan shahar kelishuvi imzolagan Yongin, Koreyaning “aqlli shahar” kontseptsiyasiga uyg’un holatda eng tez rivojlanayotgan shaharlaridan biridir. Yalpi hududiy mahsulot hajmi 25 milliard dollarga teng bo’lgan, yarim o’tkazgichlar ishlab chiqarishda dunyoda taniqli Yongin shahrida, shuningdek, yiliga 7 millionga yaqin kishi tashrif buyuradigan Koreyadagi eng yirik “Everland” ko’ngilochar parki hamda “Caribbean Bay” akvaparki, Koreya milliy bog’i joylashgan.
Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining 2022 yil mart oyida Koreyaga tashrifi doirasida Yongin shahri meri Pek Kun-ki boshchiligidagi rasmiylar bilan uchrashuv o’tkazilib, ikki hudud o’rtasida aloqalarni o’zaro manfaatli amaliy hamkorlikka aylantirish, savdo va investitsiyaviy aloqalarni yo’lga qo’yish, hamkorlik rishtalarini mustahkamlash masalalari yuzasidan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqish bo’yicha kelishib olingandi.
Ushbu kelishuvlarni hayotga tadbiq etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi ham bugungi uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi.
Yongin shahri merining o’rinbosari Xvan Djun Ki hamda Yongin shahar Kengashi raisi Yun Von Gyun viloyat hokimiga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Yongin shahrining yangi saylangan meri Li San-Ilning salomlarini va ikki hudud o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo’yicha qat'iyatini yetkazdilar.
Ayollar tadbirkorligi ko’lami jihatidan Koreyada birinchi o’rinda bo’lgan Yongin shahri Sanoat va Tijorat palatasi huzuridagi Tadbirkor ayollar Uyushmasi bilan viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni viloyat hokimining o’rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlanova va Yongin Sanoat va Tijorat palatasi huzuridagi Tadbirkor ayollar Uyushmasi rahbari Lim Kap Sun imzoladilar.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.
Mehmonlar ikki kun davomida viloyatimizda bo’lib, Farg’ona shahridagi Ekoshahar massivi qurilishi, “Qo’qon” EIZ hamda Uchko’prik tumanidagi Boboshbek savdo va ishlab chiqarish majmuasi faoliyati, Rishton va Marg’ilon hunarmandchiligi bilan tanishadilar, viloyatimizda bo’lib o’tayotgan Navro’z bayrami tantanalarida ishtirok etadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram