Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA NAVRO’Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI HAMDA XALQ SAYLLARI TASHKIL ETILDI

×

 2023-03-20 18:53:36    844

PDF yuklash
Chop etish


Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyi hududida bugun erta tongdan bayram tadbiri hamda xalq sayllari tashkil etildi.

“Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim!” shiori bilan o’tkazilgan bayram tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Dastlab viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ko’klam nafasi ufurib turgan maydonda tashkil etilgan hududlarning o’ziga xos jihatlarini namoyon etgan bayram dekoratsiyalari, milliy hunarmandchilik buyumlari, bahoriy taomlar ko’rgazmalarini ko’zdan kechirdi.

Tantanali bayram tadbirining badiiy qismida so’z olgan viloyat hokimi bayram ishtirokchilarini, barcha viloyatimiz ahlini sharqona yangi yil – Navro’z bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Bu yilgi bayram barcha shahar va qishloqlarimizda umumxalq sayllari tarzida o’tayotgani, go’zal va so’lim Shohimardonda boshlab berilgan sayllar, ezgu amallar bugun viloyatimizning har bir mahallasiga ko’chgani, doshqozonlarda sumalaklar solinib, xalqimiz katta xursandchilik bilan Navro’zga peshvoz chiqayotganligi qayd etildi.

Xayrullo Bozorov Navro’z o’zining buyuk qudrati bilan tabiatni uyg’otayotgan bo’lsa, Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida mamlakatimizda olib borilayotgan adolatli siyosat hamda xalq roziligi yo’lidagi buyuk islohotlar jamiyatni, xalqimizning ongu tafakkuri, beqiyos salohiyatini uyg’otayotganligini, ertangi kunimizga, o’z kuch va imkoniyatlarimizga bo’lgan ishonchimiz har doimgidan ham mustahkam bo’lib borayotganligini ta'kidladi.

Viloyat hokimi barcha farg’onaliklarni 30 aprel kuni yurtimizda bo’lib o’tadigan muhim siyosiy tadbir – “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo’yicha umumxalq referendumida faol ishtirok etishga chaqirib, insonning qadr-qimmati, sha'ni va g’ururi ustuvor maqsad qilib olingan yangi Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo’lishi bilan ahamiyatli ekanligiga e'tibor qaratdi.

Bayram tadbirida elimiz suygan xushovoz xonandalar Botir Qodirov, Nilufar Usmonova, Gulasal Abdullayeva, Hulkar Abdullayeva bilan birga Ilhom Ibrohimov, Ikromjon Abdullayev, Yahyobek va Muhsinbek Mo’minovlar ijrosidagi dilrabo taronalar, ko’ngilochar dasturlar, badiiy havaskorlik va folklor jamoalarining chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat, ko’tarinkilik baxsh etdi.





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram