Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARIGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

×

 2023-03-22 14:44:45    771

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahri Tarona ko’chasida bunyod etilgan ko’p qavatli uylardan Milliy gvardiya xodimlariga xonadonlar kalitlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Milliy gvardiya viloyat bo’yicha boshqarma boshlig’i Shavkat Akbarov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Muhiddin Jo’rayev ishtirok etdilar.

Tinchlik va totuvlik timsoli Navro’z bayrami Farg’onada ham ko’tarinki ruhda, yuqori kayfiyatda, xayru saxovat tadbirlari bilan o’tayotganini qayd etgan viloyat rahbari, bayram bilan yig’ilganlarni qutladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda har jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan xalqimiz manfaatlariga, inson qadrini ulug’lashga, osoyishtaligimizni munosib himoya qilishga xizmat qilayotganligiga e'tibor qaratdi. Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish va ular uchun qulay sharoitlar yaratish borasida ham katta ishlar olib borilayotganligi qayd etilib, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ham munosib o’rni borligi alohida e'tirof etildi.

Ushbu xonadonlar Milliy gvardiya xodimlari va ularning oila a'zolari uchun haqiqiy kichik Vatan bo’lishligiga tilak bildirildi.

2 ta 9 qavatli turar-joy binolarida joylashgan 20 ta xonadon kalitlari harbiy xizmatchilarga tantanali tarzda topshirildi.

Mehmonlar xonadonlar egalari bilan bir piyola choy ustida dildan suhbat qurib, yangi uylardagi sharoitlar bilan tanishdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram