Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI KATTA TANTANA QILINDI
2023-03-22 19:49:02 302
Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida 22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Viloyatimiz mahalla tizimi xodimlari va faollarini jamlagan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Viloyat hokimi tadbir ishtirokchilarini yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro’z bayrami hamda Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, ularga sharafli va mas'uliyatli faoliyatlarida kuch-g’ayrat va muvaffaqiyatlar tiladi.
Bugungi davlat siyosatida milliy o’zligimiz timsoli bo’lgan mahalla tizimining tutayotgan o’rni va roliga alohida to’xtalgan Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbarining “Yangi O’zbekistonni barpo etishda biz uchun eng muhim va asosiy poydevor bu – xalq ovozi, xalq fikri ustuvor bo’lgan mahalladir” degan fikrlari, mahalla tuzilmasining ahamiyatini yaqqol namoyon etishini qayd etdi.
Viloyat hokimi Prezidentimiz tashabbuslari bilan mahallalarda tashkil etilgan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat beshlik, mahallalarda aholining muammolarini o’rganish hamda ularga yechim topishda o’zida kuch, imkoniyat, mablag’ va vakolatga ega bo’lgan ta'sirchan tuzilmaga aylanganiga alohida e'tibor qaratdi.
Davlatimiz rahbarining bugun imzolangan “Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to’g’risida”gi farmoni bilan yuksak davlat mukofotlariga loyiq ko’rilgan Viloyat nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli Akramjon Yulbarsov, Dang’ara tumanidagi “Arziktepa” MFY xotin-qizlar faoli Zuhra Ziyayeva, Uchko’prik tumanidagi “Katta Qashqar” MFY raisi Ibroximjon Xolmatov hamda Farg’ona tumani “Bo’ston” MFY poyabzal ta'mirlash ustasi Azimjon Xakimovlarga davlatimizning orden va medallari tantanali topshirildi.
Bayram tadbirida sohaning qator fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Mahalla tizimida samarali mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan bir guruh faollar “Mahalla iftixori” ko’krak nishonlari bilan mukofotlandilar.
Tadbir davomida viloyatimizning taniqli san'atkorlari ijrosida yangragan dilrabo kuy-qo’shiqlar yig’ilganlarga o’zgacha ko’tarinkilik va bahoriy kayfiyat ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram