Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BUVAYDALIK MEHNATKASH OILA YERDAN UNUMLI FOYDALANIB, DAROMADINI OSHIRMOQDA
2023-03-25 15:41:00 250
Prezident qaroriga asosan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va g’alladan qisqartirilgan maydoni zaxiraga qaytarildi. Bu yerlar poliz-sabzavotchilik, dukkakli, moyli ekinlar va kartoshka yetishtirish uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga auktsion orqali ijaraga berildi.
Bu imkoniyatdan Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar ham unumli foydalanmoqda.
Jov qishlog’ilik Tursunali Qo’ziyev o’tgan yili elektron-auktsion tanlovida qatnashib, 45 sotix yer egasi bo’ldi.
- YEr olganimizdan so’ng turmush o’rtog’im, o’g’illarim va kelinlarim ish bilan band bo’lishdi. O’tgan yili bu yerga ertangi makkajo’xori, takroriy ekinga esa sabzi va loviya ekib, mo’l hosil oldik. Turmush tarzimiz ilgarigiga qaraganda ancha yuksaldi. Ayniqsa, o’g’illarimning chetga ishga bormay qo’ygani bizni juda quvontirdi - deydi Tursunali Qo’ziyev.
Mehnatkash va tadbirkor bu oila joriy yil ekin turini almashlab ekishni reja qilishdi. 30 sotix yerga qulupnay, 15 sotixiga esa kartoshka va pomidor ekdilar.
Ayni paytda qiyg’os gulga kirgan qulupnay ko’chatlari dehqon qalb qo’ridan mehr olib baravj rivojlanmoqda.
- Qishloq yoshlari va ayollariga shunday imkoniyat yaratib bergan Prezidentimizdan minnatdorman. O’g’il-qizlarim ishli bo’ldi. Xatto qo’ni-qo’shni, mahalladagi ayollar ham hasharga chiqishib, bizga yordamlashyapti. Barcha agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida bajaryapmiz. Bu yil xudo xohlasa qulupnoydan mo’l hosil olamiz. Daromadimizdan Hasanboyga uy qurishni, nabiralarga xatna to’y qilishni reja qilib turibmiz - deydi oila bekasi Dilorom Qo’ziyeva mamnuniyat bilan.
Berilgan ushbu imkoniyatdan foydalanib ham oila daromadini oshirib, ham xalqimiz dasturxonini to’kin bo’lishida o’z hissalarini qo’shayotgan bunday ibratli oilalar soni ortaversin.
Buvayda tumani hokimligi axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram