![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA "AYOLI E'ZOZLANGAN YURT" SHIORI OSTIDA TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/2c59f7a61c3323ef23aaf.jpg)
2023-03-28 16:43:12 282
Bugun Ahmad Farg’oniy nomidagi istirohat bog’ida viloyatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, siyosiy jarayonlarga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida "Ayoli e'zozlangan yurt” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlonova, Oliy Majlis Senati a'zosi Gulnora Marufova so’z olib, mamlakatimizda oila va xotin- qizlarni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, ayolga e'tibor va g’amxo’rlik davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi, Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imtiyoz va imkoniyatlar bois, Farg’ona viloyatida qo’lga kiritilgan yutuqlar, ayollarni baxtli bo’lishi, oilasini mustahkamligini ta'minlash ya'ni, uy-joy borasidagi, ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, salomatliklarini mustahkamlash, “Ayollar daftari” yo’nalishidagi manzilli ishlar, ijtimoiy siyosiy faol rahbar ayollar safini kengaytirish borasidagi ishlarga alohida to’xtalib o’tdilar.
Shuningdek, tadbirda Farg’ona jamoat salomatligi instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, olima ayol Munira Qodirova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrundori Nilufar Ergasheva, Farg’ona tumanidan tadbirkor Sadoqat Mirzayeva, hunarmand, 1-guruh nogironi Malika Ibragimovalar ham so’z olib, Yangi O’zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasida gender tenglik, oila mustahkamligi, ta'lim tizimi va o’qituvchilar huquqlari uchun alohida modda kiritilayotganligi haqida gapirdilar va barchani joriy yilning 30 aprel kuni bo’lib o’tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.
Viloyatimiz san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar tadbir ishtirokchilariga yanada ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.
![](https://telegra.ph/file/2c59f7a61c3323ef23aaf.jpg)
![](https://telegra.ph/file/90cdc7acbc0f407c127e1.jpg)
![](https://telegra.ph/file/102cd77678af43068e964.jpg)
![](https://telegra.ph/file/6b799c04c484d7eaad66e.jpg)
![](https://telegra.ph/file/8a0b8e10687f50555bfc2.jpg)
![](https://telegra.ph/file/9cf56aec9bb9cee374c0f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a05769565863661e76cf8.jpg)
![](https://telegra.ph/file/876ba0fd2b27eefb0fae0.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a45e97b076972caae10b3.jpg)
![](https://telegra.ph/file/bc4ed3ebec812bc1ce23d.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram