Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VA KOREYANING INCHXON SHAHRI MUNOSABATLARI YANGI BOSQICHGA KO’TARILADI
2023-03-31 15:13:18 669
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiya 27-30 mart kunlari amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo’lib qaytdi. Delegatsiya tarkibidan viloyat 2-sektori rahbari, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ham o’rin oldi.
Tadbir dasturiga ko’ra dastlab viloyatimiz delegatsiyasi a'zolari Inchxon shahrida bo’lib, shahar meri Yu Chon Bok hamda shahar rasmiylari bilan uchrashuv o’tkazdilar.
Samimiy muloqot davomida birodarlashgan hududlar – Farg’ona viloyati bilan Inchxon shahri o’rtasida iqtisodiy-investitsion aloqalarni hamda ijtimoiy, madaniy boshqa qator sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlarining say'-harakatlari bilan o’zaro hamkorlikning rivojlanishi o’z o’zidan hududlararo munosabatlarni ham kuchaytirayotgani qayd etildi. Inchxon meri Yu Chon Bok ta'kidlashicha, “O’zbekistonda yashayotgan etnik koreyslar va Inchxonda faoliyat ko’rsatayotgan 10 ming nafarga yaqin o’zbekistonliklar bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda”.
Muloqot chog’ida o’rtaga tashlangan Farg’ona viloyatida Inchxon erkin iqtisodiy zonasi filialini tashkil etish taklifi ikki hudud rahbarlari tomonidan ma'qullandi. Shuningdek, Inchxon shahrida Farg’onaga to’g’ri to’g’ri aviareyslarni yo’lga qo’yish masalasida olib borilayotgan muzokaralar nihoiy bosqichda ekani qayd etildi. Ijtimoiy, ilm-fan, sport, san'at va madaniyat yo’nalishlarida qo’shma tadbirlarni doimiy tashkil etishga ham kelishib olindi.
Kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha Inchxon shahri merining va Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosarlari boshchiligida Ishchi guruh tuzish, hamkorlik natijalarini har chorak yakuni bilan onlayn muhokama qilib borishga kelishildi.
Uchrashuvda Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbari Edvard Kim ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram