Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI HAMDA KOREYANING CHUNCHONNAM-DO PROVINTSIYASI O’RTASIDA DO’STLIK VA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
2023-03-31 15:26:38 585
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasiga amaliy tashrif davomida Chunchonnam-do provintsiyasida bo’lib, Chunchonnam-do gubernatori Kim Txe Xim va provintsiya rasmiy doiralari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Muloqot chog’ida hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Gubernator Kim Txe Xim, “O’zbekistondan ushbu provintsiyaga birinchi bo’lib rasmiy tashrif Farg’ona viloyatidan amalga oshirilganligi uchun ham” farg’onaliklar bilan hamkorlikka alohida e'tibor qaratilishiga va'da berdi.
Muzokaralar chog’ida qishloq xo’jaligi, turizm va to’qimachilik yo’nalishlarida o’zaro manfaatli hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Uchrashuv chog’ida Farg’ona viloyati hamda Chunchonnam-do provintsiyasi o’rtasida Do’stlik va Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Tomonlar sanoat korxonalari o’rtasida hamkorlik o’rnatishga alohida e'tibor qaratishga hamda sentyabr oyida Gyongji va Qo’qon shaharlarida bo’lib o’tadigan xalqaro festivallarda o’zaro ishtirok etishga kelishib oldilar.
Gubernator Kim Txe Xim, Farg’ona viloyatiga Chunchonnam-do provintsiyasining xalqaro tashabbusi bo’lgan, Iqlim o’zgarishi inqirozini yengib o’tish va Yashil energetikani barqaror rivojlantirish bo’yicha dunyo hududlarining “UNDER 2” koalitsion harakatida ishtirok etish yuzasidan rasmiy taklifnoma topshirdi.
Uchrashuvda Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbari Edvard Kim ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram