Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASINING KOREYA RESPUBLIKASIGA TASHRIFI DOIRASIDA UMUMIY QIYMATI 90 MILLION DOLLARDAN ORTIQ BO’LGAN 19 TA HUJJAT IMZOLANDI
2023-03-31 18:44:07 718
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning 27-30 mart kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi davomida umumiy qiymati 90,8 million dollar bo’lgan 19 ta hujjat imzolandi.
Tashrif davomida Chunchonnam-do provintsiyasi, Inchxon va Pxyontxek shaharlari rahbarlari, 30 nafardan ortiq koreys tadbirkorlari bilan muzokaralar o’tkazildi.
Pxyontxek savdo-sanoat palatasi, Inchxon va Seuldagi sanoat zonalariga tashrif buyurilib, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati o’rganildi, Arxitektura materiallarini sinovdan o’tkazish instituti faoliyati bilan tanishildi.
Koreys tadbirkorlari bilan davra suhbati tashkil etilib, viloyatning investitsiyaviy salohiyati taqdimoti o’tkazildi. Olib borilgan muzokaralar natijasida qator salmoqli kelishuvlarga erishildi.
Xususan, Farg’ona shahridagi Ekoshahar majmuasining tegishli kichik sanoat zonasi hududida “Koreys ishlab chiqaruvchilari sanoat parki” tashkil etish, ushbu parkda “Incense Korea”, “Herbtherapy” (xushbo’y atirlar), “Juno cosmetics”, “Samhee” (kosmetika), “Techon System” (sensorli qurilmalar), “Korea Electric Lighting” (avtonom lampalar) va boshqa kompaniyalarning ishlab chiqarish korxonalari joylashtirish bo’yicha hamkorlik bitimlari imzolandi.
AMI xususiy instituti tomonidan qurilish materiallarini olovga bardoshlilik va yong’inga xavfsizlik, haroratga chidamlilik va boshqa jihatlardan tekshirish markazi tashkil etish, “Daehan Mining” tomonidan sanoat mollari va chiqindilardan qimmatbaho metal ajratib olish, “Gwang Meyong Textile” ishtirokida Toshloq tumanida sun'iy ip aralashmali mato ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
Tashrif yakuni bilan erishilgan kelishuvlarni hamda imzolangan hujjatlarni hayotga tadbiq etish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram