Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Farg‘ona viloyati hokimligi va shahar, tuman hokimliklarida 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqish natijalari
2023-01-10 12:32:13 349
Ta’kidlash lozimki, 2022 yil davomida Farg‘ona viloyatida aholining muammolarini hal qilish, fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, bu borada murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borildi.
Viloyatda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida “Dolzarb 45 kunlik” e’lon qilinib, axolini qiynab kelayotgan tizimli muammolar va fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etishga erishildi. Axoli tomonidan eng ko‘p kelib tushayotgan sohalar tahlil qilinib, ularning ijobiy yechimini ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi. Shu asosida shahar va tumanlarda MFY raislari, rais o‘rinbosarlari, hokim yordamchilariga o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.
Tahlillarga ko‘ra, 2022 yil davomida viloyat hokimligiga jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan murojaatlar kelib tushishi 2021 yilga nisbatan 8360 tadan 7463 taga yoki 112 foizga ortgan. Murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmaganligi natijasida Qo‘qon shahrida 146%, Farg‘ona shahrida 130%, Bag‘dod tumanida 149%, Dang‘ara tumanida 138%, Furqat tumanida 136%, So‘x tumanida 126%, Uchko‘prik tumanida 125%, O‘zbekiston tumanida 121% ga ortgan.
Murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilish, joylarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish choralari ko‘rilmayotganligi natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ish bilan ta’minlash (263%), kommunal xizmat sohasi (238%), elektr va gaz ta’minoti (209%), bank krediti (150%), moddiy yordam (144%), sog‘liqni saqlash (143%), ijtimoiy nafaqa tayinlash (119%) masalalari bo‘yicha murojaatlar soni ortgan.
Joylardagi tizimli muammolar chuqur o‘rganilmaganligi, ularni o‘z vaqtida hal etish choralari ko‘rilmaganligi sababli Farg‘ona tumanida qurilish (1,7 barobar), Uchko‘prik tumanida moddiy yordam (1,6 barobar), Oltiariq tumanida qurilish (2,5 barobar), bank krediti (1,8 barobar), Furqat tumanida nafaqa (1,9 barobar), oila (1,7 barobar), Dang‘ara tumanida fermer xo‘jaligi faoliyati (1,7 barobar), Bog‘dod tumanida bank krediti (1,6 barobar) masalalariga oid murojaatlar kelib tushishi keskin ortib ketgan.