
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDAGI LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHDA MAVJUD XORIJIY KREDIT LINIYALARIDAN UNUMLI FOYDALANISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR BO’LIB O’TDI

2023-04-08 16:45:09 845
Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida "O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida "Intensiv bog’lar va kichik agrologistika markazlarini yaratish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida mintaqaviy ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev va Alibek Tursunov olib borgan tadbirda Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida faoliyat olib borayotgan bog’dorchilik fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlari, tadbirkorlar, shahar va tuman hokimlarining tegishli o’rinbosarlari, viloyatdagi tijorat banklari rahbarlari jalb etildi.
Seminarni Qishloq xo’jaligi vaziri Aziz Voitov onlayn formatda kirish so’zi bilan ochib berdi.
Seminar maqsadi yangi qarorlar bo’yicha fermerlar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imtiyozlar, imkoniyatlar haqida ma'lumotlarni kengroq yetkazish, Jahon banki, Qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalqaro jamg’armasi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) kabi xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yurtimizda tadbirkorlarga qishloq xo’jaligi sohasida taqdim etilayotgan kredit liniyalari, shartlari hamda afzalliklari borasida to’liq ma'lumot taqdim etishdan iborat ekanligiga e'tibor qaratildi.
Ilmiy-amaliy seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan “Zamonaviy intensiv bog’lar va kichik agrologistika markazlarini yaratish mexanizmlari”, “Intensiv bog’lar va kichik agrologistika markazlarini barpo qilishda istiqbolli imkoniyatlar”, “Qishloq xo’jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tadbirkorlar uchun rivojlanish va o’sish imkoniyatlari”, “Jahon banki ishtirokidagi “Farg’ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash”, “Meva-sabzavotchilik tarmog’ida qo’shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish”, “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “O’zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog’ini rivojlantirish” va Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish” kabi mavzularda taqdimotlar o’tkazilib, misollar bilan tushuntirildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bo’yicha mas'ullardan asoslantirilgan javoblarni oldilar.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram