Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg‘ona viloyati hokimligi va shahar, tuman hokimliklarida 2023 yil 1-choragida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqish natijalari

 2023-04-27 09:34:28    392

PDF yuklash
Chop etish


Tahlillarga ko‘ra, 2023-yilning 1-choragi davomida viloyat hokimligi tomonidan jami 1 388 ta (2022 yil 1-choragida 2 310 ta yoki 40,2%ga kamaygan) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari ko‘rib chiqilgan.

Shahar, tumanlar hokimliklari kesimida murojaatlarning ortishi holati kuzatilmagan bo‘lsada, kelib tushgan murojaatlarning eng ko‘pi Farg‘ona (273 ta), Qo‘qon (94 ta), Marg‘ilon (87 ta) shaharlari, Quva (94 ta), O‘zbekiston (85 ta), Oltiariq (79 ta), Rishton (75 ta) tumanlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Murojaatlarning asosan uy-joy bilan ta’minlash (jami murojaatlarning 16,2%), moddiy yordam ko‘rsatish (8,8%), bank krediti ajratish (8,2%), qurilish (7,6%), elektr va gaz ta’minoti (7,1%), uy-joylarini ta’mirlash (6,9%) masalasidagi murojaatlarni tashkil etgan.

O‘z navbatida, bevosita shahar, tumanlar hokimliklariga 12 805 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022 yilning 1-choragida 13 774 tani tashkil etgan yoki 7% ga kamaygan.

Shundan, shahar, tumanlar hokimliklari kesimida o‘rganilganda, Qo‘qon shahrida 132%, So‘x tumanida 150%, Quva tumanida 115%, Beshariq tumanida 115%, Oltiariq tumanida 104%, Farg‘ona shahrida 103%ga ortgan.

Murojaatlarni baholash mezoni bu ularning ijobiy hal etilganlik darajasi bilan belgilanishi - bu Davlat siyosatiga aylangan ayni damda murojaatlar soniga nisbatan viloyat bo‘yicha ijobiy hal etish darajasi o‘rtacha 45 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Qo‘qon shahrida 17,4%, Quva tumanida 22,1%, Oltiariq tumanida 39,8%, O‘zbekiston tumanida 32,9%, Uchko‘prik tumanida 37,1%, Furqat tumanida 38,9%ni tashkil etmoqda.