Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG‘ONADA “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI BOSHLANMOQDA

×

 2023-05-02 12:13:27    1269

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 20-may sanasiga qadar Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlarida yildan yilga an’anaviy tus olayotgan "Onalarga ehtirom" festivali bo‘lib o‘tadi.

Farzandlar uchun borlig‘ini fido qilgan Onalardek ulug‘ zotlarga bo‘lgan yuksak ehtiromni namoyon etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongi shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini ado etish, ularni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish kabi g‘oyalarni mujassam etgan ushbu festival bu yil uchinchi bor o‘tkaziladi.

Viloyat hokimining 2021-yil 28-apreldagi "Farg‘ona viloyatida "Onalarga ehtirom" festivalini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 168-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etiladigan festival, 15-mayga qadar shahar va tumanlar kesimida o‘tkaziladi, yakuniy viloyat bosqichi 20-may kuni Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomli viloyat teatr-konsert saroyi ochiq sahnida taniqli san’atkorlar ishtirokida gala-konsert bilan birga bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida may oyi davomida viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlarda, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalarida, yirik ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida, qishloq xo‘jaligi klasterlari hamda tadbirkorlik subyektlarida, fermer xo‘jaliklarida Onalarni qadrlash va ulug‘lashga qaratilgan aksiyalar hamda "Onalarga ehtirom" nomli tadbirlar tashkil etiladi.

"Onalarga extirom" festivalining nizomiga muvofiq 10 ta nominatsiyalar bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.

Festival davomida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn ko‘rik-tanlovlar va chellenjlar tashkil etiladi. Shuningdek, "Moʻtabar onam" rasmlar tanlovi, "Bu mening Onam" aksiyalari o‘tkaziladi.

Umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va texnikumlarda "Ona – muqaddas zot" mavzuida insholar tanlovi tashkil etiladi.

"Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan onalarni respublikamizdagi diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga tashriflari uyushtiriladi.

Har bir mahalla fuqarolar yig‘inida festival doirasida alohida reja-jadval ishlab chiqilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Bunda "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollarni, shuningdek, nogironligi bor hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, yoshi ulug‘ onalarni e’zozlash bo‘yicha mahalladagi yoshlar bilan "Uch avlod" uchrashuvlari, "Kitobxon ona" tanlovlari kabi tadbirlar ham o‘tkaziladi.

Viloyat sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari tomonidan "Sog‘lom ona – sog‘lom bola" shiori ostida tug‘ruq yoshidagi ayollarning tibbiy ko‘riklari tashkillanadi, yoshi katta onalarning Respublika muassasalari, viloyat shifoxonalarida davolash yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyatdagi teatrlar jamoalari va hududiy madaniyat bo‘limlarining havaskorlik guruhlari tomonidan shahar va tumanlarning chekka hududlarida Onalarga bag‘ishlangan spektakllar namoyish etiladi.