Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA QUVAYT KOMPANIYALARI BILAN TIBBIYOT VA ENERGETIKA SOHASIDA HAMKORLIK YO’LGA QO’YILADI
2023-05-03 12:15:13 678
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quvaytning “Gulf Care General Trade” hamda “Energy Solutions” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi Eyad al-Saleh boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda tibbiyot va farmatsevtika, energetika hamda tog’-kon sanoati sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, investitsion va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashildi.
O’zbekiston bilan keng ko’lamli hamkorlikni Farg’ona viloyatida boshlash istagida ekanliklarini qayd etgan Eyad al-Saleh, kecha kun davomida viloyatimiz bo’ylab qator ob'ektlarda, shu jumladan, Farg’onadagi Markaziy Osiyo tibbiyot universitetida, "Meridian diagnostic" tibbiy diagnostika markazida, Farg’onada barpo etilayotgan Ekoshahar hududida bo’lishganini qayd etib, viloyatning salohiyatini yuqori baholadi.
Fors ko’rfazi davlatlari hududida tibbiyot jihozlari yetkazib berish, tibbiy va laboratoriya xizmatlari ko’rsatishda asosiy kompaniya hisoblangan, shuningdek, farmatsevtika sohasida ham yetakchilardan biri bo’lgan “Gulf Care General Trade” Farg’ona viloyati hududida zamonaviy tibbiyot klinikalari hamda laboratoriyalar tashkil etish, shuningdek, sifatli va arzon dori-darmonlar yetkazib berishni yo’lga qo’yishni rejalashtirayotgani ma'lum qilindi.
“Energy Solutions” kompaniyasi esa viloyatimiz hududida quyosh va shamol elektr stantsiyalari qurish istiqbollarini o’rganmoqda. Viloyat hokimi sanoat bozorida qo’llaniladigan turli xil uskunalar va elektr texnologiyalarni ishlab chiqarish va o’rnatish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lgan ushbu kompaniyaga Farg’onada transformatorlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsion loyihani amalga oshirish taklifini berdi va bu ijobiy qabul qilindi.
Muloqot davomida muhokama qilingan hamkorlik yo’nalishlari bo’yicha birgalikda ish tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.
Quvaytlik mehmonlar bugun viloyatimiz hududida o’rganishlarini davom ettirishadi, “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishib, EIZ rahbariyati bilan muzokalar o’tkazishadi, Beshariq tumani hududida quyosh elektrostantsiyasi qurilishi uchun ko’zda tutilgan yer maydonlarini ko’zdan kechirishadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram