![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
QUVASOY SHAHRI HOKIMLIGI HAMDA TURKIYADAGI 6500 DAN ZIYOD KORXONANI O’Z ICHIGA OLGAN OSTİM SANOAT ZONASI O’RTASIDA HAMKORLIK PROTOKOLI IMZOLANDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/fa7f3f5a96862fceaa88f.jpg)
2023-05-04 12:45:13 670
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat shahar delegatsiyasi hozirda Turkiyada bo’lib turibdi.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a'zolari Anqara shahridagi OSTİM sanoat zonasida bo’lib, sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdilar, OSTİM rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazdilar.
Tadbirda Zafarjon To’raqulov tomonidan Farg’ona viloyatining, shu jumladan, Quvasoy shahrining investitsion, savdo-iqtisodiy salohiyati, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan taqdimot o’tkazildi.
17 ta sektorda faoliyat ko’rsatuvchi 6500 dan ziyod korxonalarni o’z ichiga olgan, 65 ming nafardan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan OSTİM sanoat zonasi boshqaruv kengashi raisi Orxan Aydin, hozirgi kunda Ohangaron shahrida amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi sanoat zonasi tashkil etish loyihasini Farg’ona viloyatida ham amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Tadbirda Turkiya Prezidentining Xavfsizlik va tashqi siyosat masalalari bo’yicha maslahatchisi Seyit Sertchelik hamda Xavfsizlik va tashqi siyosat masalalari kengashi a'zosi Mesut Hakki ham ishtirok etdi.
Quvasoy shahri hokimligi hamda OSTİM sanoat zonasi o’rtasida hamkorlik protokoli imzolandi. Hujjatga shahar hokimi Zafarjon To’raqulov va OSTİM sanoat zonasi boshqaruv kengashi raisi Orxan Aydin imzo chekdilar.
OSTİM sanoat zonasi qoshida zona hududidagi korxonalar uchun malakali mutaxassislar tayyorlash tizimi ham yo’lga qo’yilgan bo’lib, maktab, kollej va universitet faoliyat olib boradi. Quvasoy shahri delegatsiyasi bu yerdagi texnik kollejda bo’lib, yaratilgan sharoitlar, o’quv dasturlari va bitiruvchilarni ishga joylash tizimi bilan tanishdilar. Kollej asosan ikki yo’nalishda – axborot texnologiyalari hamda qayta tiklanuvchi energiyalar sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.
Muzokaralar davomida ushbu ta'lim muassasasi hamda Quvasoy Sanoat kolleji o’rtasida qo’shma ta'lim dasturi tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Quvasoy shahri delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi davom etmoqda.
![](https://telegra.ph/file/fa7f3f5a96862fceaa88f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2376152ed07adffb65120.jpg)
![](https://telegra.ph/file/31c60b13bc6145cd80fe6.jpg)
![](https://telegra.ph/file/508fb330bc94660cd53c9.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5dde09c920f9c70ab3636.jpg)
![](https://telegra.ph/file/bc24b755bd42324d2b53c.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram