Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA DAVLAT AKTIVLARI VA YER MAYDONLARINI XUSUSIYLASHTIRISH BO’YICHA "ROADSHOW" TAQDIMOTI BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-04 17:45:32    428

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” binosida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Farg’ona viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, bo’sh turgan davlat mulki ob'ektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari to’g’risida tadbirkorlar va investorlar uchun “Roadshow” taqdimoti o’tkazildi.

Tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o’rinbosari Alisher Miraliyev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Xabib Sirojitdinov, viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Maqsudali Saydullayev ishtirok etdi.

Shahar, tuman hokimliklari, mas'ul idoralar mutasaddilari hamda 300 nafardan ziyod viloyatdagi yirik korxonalar vakillari, tadbirkorlar va investorlar jalb etilgan tadbirda davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish, bo’sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanish masalalarida so’z bordi.

Tadbirkorlarga yer, bino va inshootlarni ajratishning elektron, shaffof va adolatli tizimi joriy qilinganligi ishbilarmonlar faoliyatida yuzaga kelayotgan to’siq va muammolarni hal etilishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yil davomida jami 145 ta davlat aktivlari auktsion savdolariga chiqarilgan bo’lib, shundan 75 ta davlat aktivlari 139,9 milliard so’m qiymatga bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan sotilishiga erishilgani haqida batafsil to’xtalib o’tildi.

Bugungi kunda 58 ta davlat aktivlarini boshlang’ich qiymati 85,7 milliard so’m narxda “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarilgani qayd etildi.

“E-AUKSION” elektron savdo platformasidan foydalanish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari tushuntirildi.

Tadbir qatnashchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javoblar olishdi.

Kunning ikkinchi yarmida OAV vakillari uchun Press-tur ham tashkil etilib, davlat aktivlarini sotib olgan xaridorlar tomonidan ushbu ob'ektlar negizida bajarilgan ishlar joyiga chiqqan holda o’rganildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram