Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVASOY SHAHRI ANQARADAGI KECHIO’REN TUMANI BILAN HAMKORLIK O’RNATDI

×

 2023-05-05 09:35:53    377

PDF yuklash
Chop etish


Turkiyada amaliy tashrif bilan bo’lib turgan Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat shahar delegatsiyasi Anqara shahridagi Turkiyaning eng yirik tumanlaridan biri – Kechio’ren tumanida bo’lib, tuman Belediyasi (hokimligi) bilan muzokaralar o’tkazdi.

Uchrashuv yakunida Quvasoy shahri va Kechio’ren tumani o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy, madaniy, turizm va ko’plab sohalarda keng ko’lamli aloqalarni ko’zda tutgan Hamkorlik Protokoli imzolandi. Hujjatga shahar hokimi Zafarjon To’raqulov va Kechio’ren Belediyasi boshqoni (hokimi) Turgut Altinok imzo chekdilar.

Quvasoy shahri delegatsiyasi a'zolari, shuningdek, Anqaraning Başkent erkin sanoat zonasi hududidagi “Kalyon Güneş Teknolojileri” quyosh panellari ishlab chiqarish zavodida bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Kalyon Holding tomonidan 2020 yilda ishga tushirilgan hamda loyiha qiymati 500 million dollarni tashkil etgan ushbu zavodda, bir yilda umumiy quvvati 2 gigavatt quyosh panellari ishlab chiqariladi. Korxonaning yillik eksporti hajmi 500 million dollarni tashkil etib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar YEvropa bozorlariga, AQShga yo’naltiriladi.

Zavod rahbariyati bilan o’tkazilgan muzokaralar natijasida Quvasoy shahrida ushbu quyosh panellarini jamlash loyihasini amalga oshirish bo’yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram