Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
YOZYOVONDA PILLA TERIMI BOSHLANDI
2023-05-05 14:05:44 324
Yozyovon tumanida pillachilik bo’yicha o’ziga xos maktab yaratilgan. Bu yilgi mavsumda 2 ming 34 quti ipak qurti asosan plyonka ostida parvarishlandi. Natijada yozyovonlik pillakorlar viloyatda birinchi bo’lib “kumush tola” terishga kirishishdi.
– Pilla yetishtirishning plyonka usuli afzalliklari ko’p, – deydi “Yozyovon agropilla” MChJ bosh hosiloti Yo’ldashali Isaboyev. – Bunda namlik yaxshi saqlangani sabab, barg ozuqasi isrof bo’lmaydi. Eng asosiysi, an'anaviy usulga nisbatan pilla tez yetiladi. “Yozyovon agropilla” bilan pilla yetishtirish bo’yicha shartnoma tuzib, yangi uslubda ish tashkil qilgan 226 ta fermer xo’jaliklari va 600 nafardan ziyod kasanachilar shartnomada belgilangan pillani oshig’i bilan yetishtirishmoqda.
Tumanda uzoq yillar davomida ipak qurti parvarishlab, buning ustasi bo’lib ketgan tajribali pillakorlar ko’p. Cho’liguliston MFYda yashovchi Suydixon ona Rahmonova ana shunday tajribali pillakorlardan sanaladi. Joriy yil ham turmush o’rtog’i, o’g’illari, kelinlari bilan 3 quti ipak qurti parvarishlashdi. Onaxonning bugungi quvonchi cheksiz. Tumandagi pilla terish mavsumi aynan uning xonadonidan boshlandi.
Tumanda ushbu mavsumda 118 tonna “chillaki hosil” yetishtirish ko’zlangan. YEtishtirilgan har bir kilogramm pilla uchun qabul joyida 32 ming so’mdan to’lov qilinishi belgilangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram