Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VODILDA VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-06 23:10:51    256

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona tumani Vodil hududida joylashgan “Chinor tagi” istirohat bog’ida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli o’tkazildi. Qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig’i Muhiddin Jo’rayev ham ishtirok etdilar.

Qabulda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan viloyat hokimining shaxsiy qabulini so’rab murojaat qilgan fuqarolarning 130 taga yaqin murojaati viloyat hokimligining bo’limlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, davlat va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, o’zini o’zi band qilish uchun dastgohlar olish, uy-joy, moddiy yordam, ta'lim kontraktini to’lashga ko’maklashish, bank krediti ajratish, yashash sharoitlarini yaxshilash, subsidiyalar ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ishga tiklash, sud qarori ijrosini ta'minlash, tibbiy xizmatlar, shuningdek, joylarda mahallalarni obodonlashtirish, elektr, gaz va suv ta'minoti, ijtimoiy muassasalar faoliyatini yaxshilash kabi masalalarda qilingan murojaatlarning ko’pi qabul chog’ida o’z yechimini topdi. Hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo’yicha mutasaddilarga qo’shimcha o’rganish bo’yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi. Shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga doir masalalar ham joyida soha mutasaddilariga yo’naltirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram