Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“ZAMONAMIZ TINCH BO’LSIN, PREZIDENTIMIZ OMON BO’LSINLAR” – FARG’ONALIK IKKINCHI JAHON URUSHI FAXRIYLARI, O’ZLARIGA BO’LGAN YUKSAK E'TIBOR UCHUN DAVLATIMIZ RAHBARIGA MINNATDORCHILIK BILDIRDILAR

×

 2023-05-07 16:27:58    734

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning joriy yil 2 maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi farmoni asosida Xotira va qadrlash kuni arafasida Farg’ona viloyatida ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlari, bayram sovg’alari topshirish davom etmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov, viloyat Mudofaa va Xavfsizlik tizimlari rahbarlari, viloyat sektorlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan birga Toshloq tumanida yashovchi Odiljon ota Zokirov va Fayzullo ota Eminov, Oltiariq tumanida yashovchi To’lanboy ota Shokirov va Qahhorjon ota Mag’ripov xonadonlarida bo’lib, otaxonlarni va ularning oila a'zolarini bayram bilan tabrikladi, Davlatimiz rahbarining tabrigini o’qib eshittirib, 18 million so’mdan pul mukofotlarini topshirdi.

Toshloqning “Shodlik” mahallasida yashovchi Odiljon ota Zokirov hozirda 100 yoshni qarshilagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida artilleriya bo’linmasi safida hozirgi Ukraina tuproqlarida fashizmga qarshi mardonavor jang qilgan. Urushdan qaytgach uzoq yillar qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilgan, Naymanbo’stonda cho’l yerlarni o’zlashtirib paxta yetishtirgan. U rahbarlik qilgan brigada ko’p yillar davomida viloyatda eng yuqori hosildorlikka erishib kelgan. Turmush o’rtog’i bilan 4 o’g’il va 6 qizni voyaga yetkazib, ularni jamiyatga manfaat keltiradigan inson sifatida tarbiyaladilar. Hozirda 50 nafarga yaqin yaqin nabira, 100 nafardan ziyod chevara va evaralarning suyukli bobosi bo’lib doim ardoqda.

Fayzullo ota Eminov bu yil 98 bahorni qarshiladi. U 17 yoshida minglab o’zbekistonliklar qatori qo’liga qurol olib, fashizmga qarshi kurashdi. Urushdan so’ng 50 yildan ziyod brigadirlik qildi, turmush o’rtog’i Melixon aya bilan 6 o’g’il, 3 qizni tarbiyaladi. Hozirda otaxon 100 dan ziyod nabira-yu, chevara-evaralar qurshovida bugungi tinch-osoyishta va farovon o’tayotgan har bir kun uchun shukronalar aytib yashamoqda.

Oltiariq tumani Oqbo’yra qishlog’ida yashovchi 98 yoshli To’lanboy ota Shokirov ham boshqa tengdoshlari qatori ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi jangda mardonavor jang qilgan. Yapon urushida ham ishtirok etgan. Urushdan qaytgan To’lanboy ota “Katyusha” qo’shig’ini aytib, raqsga tushardi. Shu sabab oltiariqliklar uni Katyusha tog’a ham deyishadi. Tinchlik davrida ichki ishlar tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy otaxonga Prezident sovg’alari va tabrigi bilan birga Ichki ishlar vazirligining alohida pul mukofoti ham berildi.

Hozirda 97 yoshda bo’lgan Qahhorjon ota Mag’ripov 1943 yili urushga yo’l olgan. Belorussiya frontida jang qilib, Tula, Minsk, Brest shaharlarini, Vengriyani fashistlardan ozod qilishda ishtirok etgan. Janglardan birida nemis tankining ichiga tushib olib, 20 dan ortiq dushman tanklarini yo’q qilgan va mana shu jasorati uchun “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan. Urushdan qaytgach, o’qituvchi va hisobchi bo’lib samarali mehnat qilgan. Turmush o’rtog’i bilan 5 o’g’il, 1 qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Bugun 80 ga yaqin nabirayu, evara-chevaralari ardog’ida.

“Yurtimiz, zamonamiz hamisha tinch, Prezidentimiz omon bo’lsinlar. Bizga ko’rsatilayotgan yuksak g’amxo’rlik va e'tibor uchun Davlatimiz rahbariga ming rahmat”, - deyishdi duoga qo’l ochgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram