Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XOTIRA VA QADRLASH KUNI ARAFASIDA IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARINING HOLIDAN XABAR OLINIB, ULARGA PREZIDENT TABRIGI VA SOVG’ALARI TOPSHIRILMOQDA
2023-05-07 16:55:34 318
Prezidentimizning joriy yil 2 maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi farmoni asosida Farg’ona viloyatida ham Ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar olinib, ularga Prezidentimizning bayram tabrigi, 18 million so’mdan pul mukofotlari, sovg’alar, oziq-ovqat mahsulotlari topshirilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Farg’ona tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi faxriylari Orifjon ota Mo’minov, Tursunbek ota Isanbekov va Qoraboy ota Teshaboyevlar xonadonida bo’lib, otaxonlarni va ularning oila a'zolarini bayram bilan tabrikladi, Davlatimiz rahbarining tabrigini o’qib eshittirib, mukofotlarni topshirdi.
Vodil qishlog’ida yashovchi Orifjon ota Mo’minov urushdan so’ng kolxozda traktorchilik qilib, turmush o’rtog’i Maxfiratxon aya bilan 13 nafar farzandni tarbiyalab, uyli-joyli qildi. Bugun esa nevara-yu evaralar bag’rida umrguzaronlik qilmoqda.
Tursunbek ota Isanbekov Xonqiz qishlog’ida yashaydi. 1944 yil 19 yoshida urushga ketib, 1950 yilda qaytgan. So’ng kolxozda brigadirlik qilgan. Turmush o’rtog’i Xabibaxon aya bilan 3 o’g’il, 5 qizni tarbiyalab uyli-joyli qilishgan.
Mindon qishlog’ida yashovchi Qoraboy ota Teshaboyev bugun 101 yoshda. 1941 yilda qishloqdoshlari qatori birinchilardan bo’lib jangga otlangan. Qoraboy ota birinchi bor Stalingrad ostonalarida jangga kirib, Ukraina, Polsha, Vengriya, Chexoslovakiya davlatlarini fashistlardan ozod etishdagi janglarda mardonavor qatnashgan. Urush tugagandan keyin ham uch yil xizmatni davom ettirib, 8 yil deganda ona qishlog’iga qaytib kelgan. Uzoq yillar qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilgan otaxon Nisoxon ona bilan bir o’g’il besh nafar qizni tarbiyalab voyaga yetkazdi.
O’z urush xotiralari, o’tgan davrlarning qiyinchiliklari, hayot tajribalari haqida viloyat hokimiga so’zlab bergan otaxonlar, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini takror takror ta'kidladilar, Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko’rsatilayotgan doimiy g’amxo’rlik uchun minnatdorchilik izhor qildilar.
Otaxonlar mustaqilligimiz, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo’lishini, xalqimiz farovonligini tilab duoga qo’l ochishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram