
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
XOTIRA VA QADRLASH KUNIDA FARG’ONADAGI “MOTAMSARO ONA” HAYKALI POYIGA GULCHAMBARLAR QO’YILDI

2023-05-09 13:06:28 458
Farg’ona shahridagi "Vatanparvarlar bog’i"da 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami tantanalari doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o’rinbosarlari bilan birgalikda viloyat hokimligi nomidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo’yib, o’tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov, viloyat mudofaa, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlovchi organlari rahbarlari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari boshliqlari va jamoatchilik vakillari ham majmua poyiga gulchambar qo’ydilar.
"Vatanparvarlar bog’i" hududida tadbir ishtirokchilari e'tiboriga teatrlashtirilgan ikkinchi jahon urushi davri sahnalari namoyish etildi. Xronologik tartibda tashkil etilgan sahna ko’rinishlarida Farg’ona viloyatida ikkinchi jahon urushi haqida shumxabarni radio orqali aholiga yetib kelishidan boshlab, mard o’g’lonlarning ixtiyoriy jangga otlanishi, urush davridagi qahramonliklari, g’alaba nashidasini surib, uyga qaytishlari jonlantirildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram