Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
OLTIARIQLIK TURSUNOY OPA XONADONIDAGI ISSIQXONADA QOVUN PISHDI
2023-05-10 11:34:58 272
Oltiariqliklarning dehqonchilikdan baraka topganini boisi shuki, ular qaysi mahsulotga qachon talab kuchayishiga qarab ish tutadilar. Ishtiyoqi bor odam zukko bo’ladi. Har ishning xadisini tez o’rganadi.
Polosonlik Tursunoy Alimqulova xonadonida uch sotixgina yeri bor. Ikki yil avval oila biroz qiynalganligini e'tiborga olib, mahalla fuqarolar yig’ini tavsiyasi bilan ikki sotixli issiqxona qurib berilgandi. Tursunoy opa turmush o’rtog’i Ergashali aka va farzandlari bilan ozgina yerdan ko’pgina daromad olish niyati bilan xarakatni boshlashdi.
Ustoz Anvar Obidjon ta'biri bilan aytilgan - oltiariqlik ishbilgichlarning bir xayoli bozorda, diqqati tomorqasida bo’ldi.
Tanqis mahsulotning narhi baland. Tursunoy opa ilgari qilmagan ishini tez o’zlashtirib, issiqxonani to’ldirib qovun ekdi. Qo’li mo’may pul ko’rib, qiziqishi ortdi. Bu yil oralatib bulg’or qalampiri ham ekkan.
Qolgan bir sotix joy ham bekor qolmagan. Bodring, pomidor, qalampir, karam, piyozdan tortib hamma mevalardan bor. Xovli burchagida 10-15 ta tovuq bilan ikkita buzoq boqilyapti. Ko’cha va xovli ustida uzum-tok, ostida atirgullar!
Tursunoy opa hosil ortidan o’g’illari uchun uy va mashina olishni ham niyat qilgan. Ro’zg’oringiz gulday go’zal bo’lsin, Tursunoy opa.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram