Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
RISHTONDA TURKIY XALQLAR HUNARMANDCHILIGI FORUMI DOIRASIDA “KULOLLAR SAYLI” MILLIY KULOLCHILIK MAHSULOTLARI KO’RGAZMA-SAVDOSI TASHKIL ETILDI
2023-05-13 10:34:51 867
Rishtondagi Burhoniddin al-Marg’iloniy ar-Roshidoniy nomli istirohat bog’ida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko’rgazma-savdosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Farg’ona viloyati hokimligi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamda Madaniyat va turizm vazirligi ko’magida 12-14-may kunlari viloyatimizda tashkil etilayotgan an'anaviy Turkiy xalqlar hunarmandchiligi Forumi doirasida o’tgan tadbirga Respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog’iston kulolchilik maktablarining vakillari bo’lgan usta kulollar jalb etildi.
Ochilish marosimida Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug’bek Abdullayev, viloyat hokimining o’rinbsari Xurshidjon Ahmedov, Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyev, xorijlik mehmonlar, soha mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Tadbir ochilish marosimida Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda qadimiy va boy an'analarga ega hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.
“Kulollar sayli” dastlab 2021 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan bo’lsa, bu yil ikkinchi marotoba Rishton tumanida bo’lib o’tayotganiga e'tibor qaratishdi. Rishton - qadimdan Markaziy Osiyodagi sirlangan sopol buyumlar markazi hisoblanishi, rishtonlik kulollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar o’zining dizayni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turishi, o’ziga xos Rishton kulollar maktabi mavjudligi “Kulollar sayli”ni mazkur hududda tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.
Tadbir davomida san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi, milliy qo’shiq va raqslar yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
“Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko’rgazma-savdosi ochiq deb e'lon qilinib, mehmonlar O’zbekistonning turli hududlariga xos bo’lgan kulolchilik mahsulotlari bilan tanishish va xarid qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Mahorat darslari o’tkazilib, unda kulolchilik mahsulotlarini yasash va ularga naqsh berish jarayonlari amalga oshirildi.
Turkiy xalqlar hunarmandchiligi Forumi doirasidagi qiziqarli tadbirlar ertaga ham davom etadi. Xususan, “Xalqaro kulollar markazi” faoliyati bilan tanishish, “Rishton kulolchiligi: Kecha, bugun, ertaga” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram