Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’XDA VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-13 10:37:28    700

PDF yuklash
Chop etish


Bugun So’x tuman madaniyat markazida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli o’tkazildi.

Qabulda viloyat hokimining shaxsiy qabulini so’rab murojaat qilgan so’xlik fuqarolarning 85 ta murojaati viloyat hokimligining bo’limlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, davlat va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqildi.

Murojaatlarning asosiy qismini sog’liqni saqlash, shu jumladan davolanishga hamda yuqori texnologik amaliyotlar o’tkazishga ko’maklashish, bank krediti ajratish va kredit qarzdorligini so’ndirishga yordam berish, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, bandlik, moddiy yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, shuningdek, mahallalarni obodonlashtirish, suv ta'minotini yaxshilash kabi masalalar, sud-huquq hamda prokuraturaga oid muammolar tashkil etdi.

Fuqarolar murojaatlarining ko’pi qabul chog’ida o’z yechimini topdi. Subsidiya asosida uy-joy olgan hamda kredit qarzdorligini so’ndirishda qiynalayotgan bir guruh ayollarning murojaati bo’yicha o’rganish o’tkazilib, haqiqatdan moddiy jihatdan qiynalayotgan, avvaldan kredit qarzdorligini yopish bo’yicha moddiy ko’mak ko’rsatilmagan fuqarolarning bugungi kunga qadar bo’lgan qarzdorligi to’la so’ndirib berilishi ma'lum qilindi. Shuningdek, viloyat hokimining ko’rsatmasi bilan viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tumandagi yuqori texnologik tibbiy amaliyotga muhtoj ehtiyojmand fuqarolar ro’yxati shakllantiriladigan hamda amaliyot xarajatlari qoplab beriladigan bo’ldi.

Hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo’yicha mutasaddilarga qo’shimcha o’rganish bo’yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi. Shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga doir masalalar ham joyida soha mutasaddilariga yo’naltirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram