
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MAKTABLARDA "SO’NGGI QO’NG’IROQ" TADBIRLARI "ILMNI QADRLANG, ILMGA INTILING!" SHIORI OSTIDA TASHKIL ETILADI

2023-05-16 13:59:58 325
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumiy o’rta ta'lim muassasalarida "So’nggi qo’ng’iroq" tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Unga ko’ra:
- "So’nggi qo’ng’iroq" tadbirlarini 25 may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida tashkil etish;
- tadbirlarga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o’quvchilarini jalb etish;
- maktablar hududiga texnika vositalarini va begona shaxslarni kiritilmaslik (ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bundan mustasno);
- "So’nggi qo’ng’iroq" tadbirlarini, nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o’tkazishda, ta'lim muassasalarini yangi o’quv yiliga tayyorlash borasida o’quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig’imlariga yo’l qo’ymaslik belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram