Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BOKS BO’YICHA JAHON CHEMPIONI ASADXO’JA MO’YDINXO’JAYEV TUG’ILIB O’SGAN QISHLOG’IDA TANTANA BILAN KUTIB OLINDI

×

 2023-05-16 14:03:19    376

PDF yuklash
Chop etish


Toshkent shahrida bo’lib o’tgan boks bo’yicha kattalar o’rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo’lga kiritgan Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev bugun Rishtonda tantanali tarzda kutib olindi.

Asadxo’ja tug’ilib o’sgan Buloqboshi qishlog’idagi xonadon uning yaqinlari, do’stlari, katta-kichik yoshdagi sport ixlosmandlari, mahalla ahli bilan to’lib-toshdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, tuman hokimi Sufhonjon Soliyevlar chempionni olqishlar ekan, uni kamolga yetkazgan, sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun munosib shart-sharoit yaratib bergan ota-onasiga va yaqinlariga chuqur minnatdorlik bildirdilar.

- Asadxo’janing yutug’i – nafaqat rishtonliklarning, balki farg’onaliklarning va umuman, o’zbekistonliklarning yutug’i, - dedi tuman hokimi. – Birgina mana shu g’alaba minglab yoshlarning hayotini o’zgartirib yuboradi. Qarang, kimdir bilimi bilan, kimdir kasbi-hunari bilan, yana kimdir sportdagi mahorati bilan Vatanimiz shon-shavkatini dunyoga taratyapti. Istaymizki, bunday yutuqlar bardavom bo’lsin!

Mamlakatimizda ilk bora tashkil etilgan jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev barcha janglarda g’alaba qozonib, yakunda chempionlik kamarini qo’lga kiritdi. 

- Eng avvalo, ota-onamga ta'zim qilaman, - dedi yosh bokschi. – Shu kunga yetib kelishimga, shon-shuhrat qozonishimga ular sababchi. Qolaversa, birinchi ustozimga, hamma-hammangizga ming rahmat. Qo’llab-quvvatlaganingiz, qayg’urganingiz, intizor bo’lib kutganingiz uchun tashakkur. Ishontirib aytamanki, sizlarni hali ko’p marta xursand qilaman.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram