Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 175 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-17 12:37:31    327

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida bo’lib o’tgan navbatdagi ellik sakkizinchi sessiya ishida viloyat kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Dastlab muddatidan ilgari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 11-Farg’ona okrug saylov komissiyasi tarkibini tuzish hamda tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasiga tavsiya etish masalasi ko’rib chiqildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyasi raisi Ma'sudjon Sulaymonov okrug komissiyasi a'zoligiga nomzodlar bilan tanishtirib o’tdi.

Shundan so’ng viloyatda fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilish borasida 2023 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar deputatlar ishtirokida ko’rib chiqildi. Farg’ona viloyati sudi raisi Shuhrat Kamolovning hisoboti eshitilib, mavjud kamchiliklar, muammolar muhokama qilindi. Ularni hal qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Sessiya ishida viloyat Ma'muriy sudining raisi Doniyorxo’ja Maxamatovning ham axboroti tinglandi. Unda odil sudlovni amalga oshirish, sudning mustaqilligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud yo’li bilan ishonchli himoya qilish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ma'muriy sudlar tomonidan 2023 yilning birinchi choragi mobaynida muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi ellik sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan har bir masala bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram