Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOSHLOQDA “YANGI O’ZBEKISTONNING MA'RIFATLI YOSHLARI” SHIORI OSTIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-18 11:42:46    298

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi “Besarang” mahalla fuqarolar yig’inida “Yangi O’zbekistonning ma'rifatli yoshlari” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Viloyat hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi hamda tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda uyushmagan yoshlar, mahalla ahli ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 aprel kuni bo’lib o’tgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig’ilishida yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning o’z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Ayni kunlarda viloyatimizda bu borada “yo’l xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi ta'minlanmoqda. Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda turli festivallar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. “Besarang” mahalla fuqarolar yig’inidagi 32-umumta'lim maktabida bo’lib o’tgan mazkur anjuman ham yoshlarning katta bayramiga aylandi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, tuman hokimi Abduqahhor Jo’raboyev Prezidentimizning tashabbusi asosida yoshlar bilan ishlashda yangi imkoniyatlar yaratilayotganini ta'kidlab, besaranglik yoshlarni faollikka chorladi. Ta'lim maskanlari doimo yoshlar bilan gavjum bo’lishida turli tadbirlarning tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Mahalladagi uyushmagan yoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yini, stritbol, futbol, stol tennisi shaxmat bo’yicha sport musobaqalari, kitobxonlik kechasi tashkil etildi. To’rt yuzdan ziyod aholi ishtirokidagi madaniy tadbir barchaga zavqu shavq ulashdi. Tadbirda faol ishtirok etgan jamoalar va yoshlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram