Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 166 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KOREYALIK TIBBIYOT XODIMLARI ISHTIROKIDA FARG’ONADA TIBBIY KO’RIK VA BEPUL JARROHLIK AMALIYOTLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-05-18 18:35:24    238

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazida Koreya Respublikasining “Yagona global plastik jarrohlik ta'limi” fondi bilan hamkorlik doirasida koreyalik va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti shifokorlari Farg’ona viloyatida tananing kuyishdan keyingi kontrakturasi, lab va tanglay nuqsonlari, oyoq-qo’llarning tug’ma anomaliyasi tashxislari qo’yilgan bemor bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazishni boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, “Sog’lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo’lmagan xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi Svetlana Inomova, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov va boshqa mas'ullar ishtirok etdi.

So’z olganlar tomonidan mamlakatimizda bolalarning sog’ligini mustahkamlash borasida xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ko’plab xayriya ishlari amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Sog’liqni saqlash vazirligi, “Sog’lom avlod uchun” fondi hamda Koreya Respublikasining “Severance” gospitali o’rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvi ham ana shunday ezgu tadbirlardan biri ekanligi aytib o’tildi.

22 mayga qadar davom etadigan mazkur tibbiy ko’rik va jarrohlik amaliyotlari jarayonida 9 nafar koreyalik, 1 nafar hindistonlik va poytaxtdan kelgan shifokorlar qatnashadi. Etiborlisi, mahorat darslari tashkil etilib, mahalliy soha xodimlarining ham malaka va ko’nikmalari yanada mustahkamlanadi. Tibbiy ko’rik davomida bemor bolalarga shifokorlar tomonidan zarur tavsiya va maslahatlar berilib, ularning qirq nafarga yaqinida jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish maqsad qilingan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram