
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
DAVLATIMIZ RAHBARI TOPSHIRIG’I ASOSIDA TUZILGAN RESPUBLIKA ISHCHI GURUHINING NAVBATDAGI OMMAVIY QABULI FARG’ONA SHAHRIDA BO’LIB O’TDI

2023-05-19 20:02:55 453
Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” da Davlatimiz rahbari topshirig’i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining asosan sud-huquq masalalari bo’yicha navbatdagi ommaviy qabuli o’tkazildi.
Prezident xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, vazirliklar va qo’mitalar tomonidan o’tkazilgan qabulda Farg’ona vodiysining barcha viloyatlaridan kelgan fuqarolarning har bir murojaatida aytilgan masalani shu sohaga daxldor mutasaddilar ishtirokida ochiq-oshkora, batafsil muhokama qilindi.
Qabullar davomida murojaatlarning salmoqli qismi joyida hal etildi, ba'zi murojaatlar bo’yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, qo’shimcha o’rganish talab etiladigan masalalar bo’yicha Xalq qabulxonalari tomonidan aniq muddat va mas'ullar belgilanib, nazoratga olinmoqda.
Qabullar doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning navbatdagi fuqarolar qabuli ham tashkil etildi.
Viloyatimizning shahar va tumanlaridan kelgan 110 nafarga yaqin fuqarolarning asosan bandlik, tadbirkorlikka ko’maklashish, bank krediti olish, uy-joy, moddiy yordam, subsidiyalar ajratish, kommunal xizmat, tibbiy xizmatlar va yana bir qator masalalar bo’yicha murojaatlari viloyat hokimining o’rinbosarlari, viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari va bo’lim boshliqlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqildi.
Murojaatlarning ko’pi qabul chog’ida o’z yechimini topgan bo’lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo’yicha mutasaddilarga qo’shimcha o’rganish bo’yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram