Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“BUYUK ELGA ENDI DAHOLAR KERAK” – O’ZBEKISTON XALQ SHOIRI, O’ZBEKISTON QAHRAMONI ERKIN VOHIDOVNING XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN ANJUMAN BO’LIB O’TDI
2023-05-20 15:19:36 225
Marg’ilon shahrida Adabiyot kunlari doirasida O’zbekiston Xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning xotira kechasi hamda uning nomi bilan ataladigan ijod maktabining 5 yilligiga bag’ishlangan “Buyuk elga endi daholar kerak” deb nomlangan anjuman bo’lib o’tdi. Unda poytaxtimizdan kelgan ijodkorlar, shoirning oila-a'zolari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
Erkin Vohidov xalqimizning sevimli shoiri sifatida qalblarda mangu yashamoqda. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 7 dekabrdagi “O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori asosida adib ijodiy merosini o’rganish va uni yoshlarga yetkazish yo’lida qator ishlar amalga oshirildi. Marg’ilon shahrida ijodkorlar bog’i tashkil etilib, Erkin Vohidovning haykali o’rnatildi va me'morial muzeyi bunyod etildi. Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o’qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etildi. Erkin Vohidov memorial muzeyi 2018 yil 12 iyunda ochilgan bo’lib, bugungi kunda mingga yaqin eksponatlar saqlanmoqda.
Mehmonlar dastlab ijodkorlar bog’idagi haykal poyiga gullar qo’ydi. Shundan so’ng asosiy tadbirlar ijod maktabida davom etdi.
Viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari, shoir Botir Ergashev va boshqalar O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning boy merosi xalqimizning ulkan ma'naviy xazinasi ekanligini ta'kidlashdi. Sevimli shoirning she'rlari yangradi, hayoti va ijodiy faoliyati e'tirof etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram