Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA O’RIK VA GILOS EKSPORTI AVJIDA: VILOYATDAN KUNLIK O’RTACHA 1 MILLION 300 MING DOLLARLIKDAN ZIYOD QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI XORIJ BOZORLARIGA YUBORILMOQDA
2023-05-22 16:56:56 721
Farg’ona viloyatidan 2022 yilda umumiy qiymati 230 million dollardan ziyod jami 314 ming tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlari xorijga eksport qilingan edi. Joriy yilda ushbu yo’nalishda yanada yuqori marra ko’zlanib, jami 241 million dollarlikdan ziyod qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xorij bozorlariga yetkazib berish maqsad qilingan.
E'tiborlisi, hozirgi kunda kunlik o’rtacha 1 million 300 ming dollarlikdan ziyod qishloq xo’jaligi mahsulotlari xorijga chiqarilmoqda. Farg’onalik tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalari “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti tomonidan eksportga rasmiylashtirilmoqda.
Bugungi kunda viloyatimizdan xorijga gilos va o’rik eksporti jadal amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Rossiya, Belarus, Saudiya Arabistoni, qo’shni Qozog’iston va Qirg’iziston kabi ko’plab davlatlar bozorlariga pomidor, karam, qizilcha, piyoz, bulg’or qalampir va olma yetkazib berilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida Quvasoy shahri, Quva, O’zbekiston, Oltiariq, Farg’ona va Beshariq tumanlari yetakchilik qilmoqda. Eksport jarayonlari aholi bandligini ta'minlashda, qo’shimcha daromad manbalarini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Farg’onada hozirda qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi 190 ta eksportyor korxonalar faoliyat olib borayotgan bo’lib, umumiy sig’imi 190 ming tonna bo’lgan jami 320 ta muzlatkichli omborxonalar mavjud.
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan eksportyor korxonalarni qo’llab-quvvatlashga doir yangi qaror va farmoyishlar eksportyorlar va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko’rsatmoqda. Jumladan, viloyatdagi 101 ta eksportyor korxonalarning 20,7 milliard so’mlik transport xarajatlari kompensatsiya qilinishida amaliy yordam ko’rsatildi. Viloyatdagi 50 ta eksportyor korxonalarning kredit olishga ehtiyoji borligi aniqlanib, ularga jami 584,1 milliard so’mlik kredit ajratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram