
 Farg'ona viloyati hokimi
	Hayrullo Hayitbayevich Bozarov 
		
				
				
		
		
			
		
		
		 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
	
	
		
		
	.
.
Saytni baholash
		FARG’ONADA ZAMONAVIY QURILISH TEXNOLOGIYALARI VA YANGI TURDAGI QURILISH MATERIALLARI BO’YICHA KO’RGAZMA-SEMINAR BO’LIB O’TDI
	
				
 
	
2023-05-24 19:08:31 578
Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan Qurilish va Uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, “O’zmaxsusmontajqurilish” AK hamda viloyat hokimligi hamkorligida Farg’ona shahridagi “Kimyogarlar” saroyida tashkil etilgan tadbirga qurilish va loyiha tashkilotlari rahbarlari hamda soha mutaxassislari jalb etildi.
Asosiy maqsad sifatli va arzon qurilish materiallarini tanishtirish, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o’rtasida aloqani mustahkamlashdan iborat bo’lgan ko’rgazmada 50 dan ziyod kompaniya va firmalar qatnashdilar. O’zlarining yuqori texnologiyali, zamonaviy va energiya tejamkor mahsulotlariga ega Turkiya, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Avstriya, Belarus kabi davlatlar kompaniyalari va yurtimizdagi ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarini namoyish qildilar.
Quruq aralashmalar, lok-bo’yoq, gips va gipsokarton mahsulotlari, gaz iste'molini hisobga olish priborlari, profnastil, metall plitka, keramika, kichik hajmli (mini) oqova suv inshooti uskunalari, zamonaviy isitish qozonlari, qurilish ishlari uchun mo’ljallangan maxsus kiyimlar kabi ko’plab turdagi mahsulotlar yarmarkadan joy oldi.
Seminarda so’z olganlar Prezidentimiz rahbarligida iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida qurilish sanoati jadal rivojlanayotgani haqida to’xtalib o’tdilar.
Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kompaniya va firmalar soni ortib, endilikda ilgari chetdan olib kelingan qurilish materiallarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish orqali faol mahalliylashtirish jarayoniga ham o’tilgani alohida ta'kidlandi.
Ko’rgazma-seminar doirasida qurilish materiallari sohasida qayta ishlash va yuqori texnologiyali korxonalarni rivojlantirishga bag’ishlangan biznes-seminar va taqdimotlar o’tkazilib, qurilish sanoatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
    Facebook,
    Telegram,
    Facebook,
    YouTube,
    Instagram

 
		
	




