Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA ELEKTRON KOOPERATSIYA PORTALI IMKONIYATLARIGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR BO’LIB O’TDI
2023-05-25 12:52:48 819
Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali imkoniyatlariga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.
Davlat buyurtmachilari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirga viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi hamda boshqa daxldor viloyat tashkilot va muassasalari vakillari, tadbirkorlar jalb etildi. Seminarni viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo’yicha yordamchisi Akmal Po’latov ochib berdi.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi talablaridan kelib chiqib, Elektron kooperatsiya portalida xarid kilish tartibi, savdo mexanizmi to’g’risida atroflicha ma'lumot berildi. Mahalliy sanoat korxonalari o’rtasida kooperatsiya aloqalarini yanada jonlantirish jarayonlariga to’xtalib o’tildi.
Raqobat muhitini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish masalalariga e'tibor qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan elektron kooperatsiya portalida mahsulotlar katalogi, ishlab chiqaruvchilar va tarmoq korxonalari haqidagi ma'lumotlarning joylashuvi, mavjud qulayliklar tushuntirildi. Qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram