
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDAGI KICHIK SANOAT ZONALARINI TASHKIL ETISH BILAN BOG’LIQ SHAHAR RAHBARLARI VA VILOYAT MAS'ULLARI FAOLIYATI QONIQARSIZ BAHOLANDI

2023-05-25 20:28:57 979
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Marg’ilon shahrida bo’lib, “Yoshlar-2” va “Aylanma yo’l” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida joylashtirilgan loyihalarning amalga oshirish jarayonlarini ko’zdan kechirdi.
KSZlarning umumiy holati, joylashtirilgan qator loyihalarning o’z muddatida amalga oshirilmayotganligi, atrofdagi qarovsizlik viloyat hokimi tomonidan qattiq tanqid qilindi.
Yuksalish MFY hududida joylashgan “Yoshlar-2” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 53 milliard so’m bo’lgan jami 5 ta loyiha amalga oshirilayotgan bo’lib, 350 taga yaqin ish o’rni yaratilishi reja qilingan.
“Aylanma yo’l” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 53,9 milliard so’m bo’lgan charm-poyabzal, tekstil va trikotaj mahsulotlari, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi jami 18 ta loyiha joylashtirilishi ko’zda tutilgan. Kichik sanoat zonasida 870 ta yangi ish o’rni yaratiladi.
Viloyat rahbari 2022 yil yakunida ushbu hududda bo’lganida, bu yerda loyihalarni ishga tushirish, kichik sanoat zonasi faoliyatini jonlantirish bo’yicha ishlar jadal olib borilmayotganligiga tanqidiy e'tibor qaratgandi. Biroq bugungi o’rganishlarda sezilarli o’zgarish amalga oshirilmagani ko’zga tashlandi. O’z faoliyatini boshlagan “Yoshlar-2” KSZdagi parfyumeriya va mebellar ishlab chiqarish, “Aylanma yo’l” KSZdagi kimyoviy idish yuvish vositalari hamda oyoq kiyim tagliklari ishlab chiqarish korxonalari ham, hali to’la quvvatda ish olib borilmayotganiga guvoh bo’lindi.
Xayrullo Bozorov loyiha tashabbuskorlari hamda viloyat va shahar mas'ullari ishtirokida muloqot o’tkazdi. Kichik sanoat zonalarini tashkil etish bilan bog’liq shahar rahbarlari va viloyat mas'ullari faoliyati qoniqarsiz baholandi. Loyihalarni tez va sifatli amalga oshirishni ta'minlash, atrofni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha mas'ullarga qat'iy vazifalar belgilandi. Tadbirkorlarga Jahon bankining resurslari hisobidan kredit olishlariga ko’maklashish bo’yicha shahar hokimi o’rinbosariga alohida topshiriq yuklandi.
Viloyat rahbari KSZ hududida belgilangan muddatlarda loyihalarni amalga oshirish va ishga tushirish bo’yicha yetarli choralar ko’rilmasligi holatida ajratilgan yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonlari mavjud qonunchilik doirasida qaytarib olinishi haqida ogohlantirdi. Mutasaddi idoralar vakillaridan tuzilgan ishchi guruh, viloyatdagi barcha kichik sanoat zonalarida joylashtirilishi ko’zda tutilgan loyihalarning mavjud holati bo’yicha o’rganish o’tkazishi, o’rganish davomida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qat'iy choralar ko’rilishi ma'lum qilindi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram