
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
"FARG’ONA HETK" AJDA MARKAZIY OSIYODA YAGONA POLIMER IZOLYATORLAR ISHLAB CHIQARISH TSEXI ISH BOSHLADI

2023-05-26 12:19:39 943
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tasarrufida yangi zamonaviy polimer izolyatorlar ishlab chiqarish tsexida bo’lib, korxona faoliyati bilan tanishdi.
Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan ushbu ishlab chiqarish liniyasi, qariyb 5 milliard so’mlik loyiha doirasida amalga oshirildi. Yangi tsexda yillik 140 ming dona 5 turdagi polimer izolyatorlar ishlab chiqariladi. Hozirgacha to’la import qilib kelingan ushbu mahsulotning mahalliylashtirilishi natijasida Farg’ona viloyatida yillik 3,5 milliard so’m mablag’ni tejab qolishga erishiladi. Bugungi kunda “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning polimer izolyatorlariga bo’lgan yillik talabi hisobga olinsa, ushbu loyiha 1,5 yilda to’liq o’zini qoplaydi. Yangi tsexda 20 dan ortiq doimiy ish o’rinlari yaratildi.
Yangi tsexning ishga tushishi bilan bir qatorda, bugungi kunga kelib korxonadagi mavjud sip-armaturalar, traverslar hamda temir-beton tayanchlari ishlab chiqarish hajmi va turi yanada kengaygani, elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha “Farg’ona HETK” tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda xarajatlarni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Farg’ona HETK” rahbari Azizbek Saydaliyev bilan istiqboldagi moyli o’chirgichlarni modernizatsiya qilish hamda 35–110 kV podstantsiyalardagi kuch transformatorlarini korxonaning o’zida ta'mirlash loyihalarini muhokama qilgan viloyat hokimi, iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu loyihalarni amalga oshirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram